Eng kuchli smartfonlar AnTuTu mahalliy reytingi (2019 yil may): yuqori uchtalikda faqat Xiaomi!

  •   DiMaX
  •  3983
  •  07.05.2019 13:44

Eng kuchli smartfonlar AnTuTu mahalliy reytingi (2019 yil may): yuqori uchtalikda faqat Xiaomi!

Xitoyning mashhur AnTuTu benchmarki smartfonlarning samaradorligi bo‘yicha aprel oyidagi mahalliy reytingini e’lon qildi. Unda eng tezkor modellar uchligini Xiaomi flagmanlari egallagan!

O‘QING: Eng qudratli smartfonlar (2019 yil aprel): Xiaomi’ning yap-yangi flagmani AnTuTu reytingida Mi 9’dan ham ustun keldi!

Aytish kerakki, bu – mahalliy reyting bo‘lib, Xitoydagi foydalanuvchilar tomonidan AnTuTu servisida tekshirib ko‘rilgan smartfonlar natijalariga asosan tuzilgan. O‘ntalik ro‘yxatda Mi 9 Exploere Edition (yana bir nomi – Mi 9 Transparent Edition) modeli 373 715 ball bilan yetakchi bo‘lib turibdi. Undan atigi 204 ballik farq bilan Xiaomi Mi 9 (sotib olish) flagmani kumush medalga loyiq ko‘rilgan. Kuchli uchlikni shu kompaniyaning o‘yinbop Black Shark 2 smartfoni 371 837 ball bilan yakunlab bergan.

Keyingi o‘rinlarda Meizu 16s, Vivo iQOO Monster, Samsung Galaxy S10+ (xarid qilish), Galaxy S10 (sotib olish), Vivo iQOO, Nubia Red Devil Mars (yana bir nomi – Nubia Red Magic Mars) hamda Honor V20 turibdi.

Qiziq tomoni – yetakchilardan sanalmish Huawei’ning bittagina smartfoni bu reytingga kirgan, uyam Honor brendiga oid. AnTuTu vakillari buni shunday izohlashmoqda: foydalanuvchilar texnogigant flagmanlarini benchmarkda tekshirishdan avval maksimal samaradorlik rejimiga o‘tkazishmayapti.

Yana bir g‘alati omil shundaki, kuni kecha xitoylik boshqa bir benchmark ham samaradorlik reytingini e’lon qilgandi. AnTuTu ro‘yxatining yuqori uchtaligini zabt etgan Xiaomi’ning birortayam smartfoni unda yo‘q!

O‘QING: Master Lu eng zo‘r smartfonlar TOP-o‘ntaligini e’lon qildi (2019 yil aprel)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.