Eng kuchli smartfonlar reytingi e’lon qilindi

Eng kuchli smartfonlar reytingi e’lon qilindi

O‘tgan aprelda smartfon bozori kuchli apparat platformasiga, xususan samarali ishlaydigan protsessorlarga ega mobil smartfonlarga guvoh bo‘ldi. Jumladan, Snapdragon 835 protsessoriga ega bo‘lgan bir qator “aqlli” telefonlar taqdim qilindi. Quyida mobil qurilmalarning protsessor samaradorligini baholaydigan Antutu resursida 30 aprelga qadar imtihondan o‘tgan gadjetlar reytingi ma’lum qilinmoqda. Ushbu ko‘rsatkichlar 5 may kuni ma’lum qilingan.

Eslatma:
1. Ball: bu yerda o‘rtacha ball olingan. Smartfonlar to‘playdigan ball odatda o‘zgarib turadi.
2. Ma’lumotlar davri: 2017 yilning 1 aprelidan 30 apreliga qadar sinovdan o‘tkazilgan gadjetlarga oid ma’lumotlar.
3. Smartfonlar: Faqatgina xalqaro bozorga chiqarilgan smartfonlar reytingga kiritilgan.

Aprel holatida ham iPhone 7 Plus samarali faoliyat ko‘rsatish bo‘yicha peshqadamlikni saqlab qolgan. Ba’zi manbaalarda 18 aprel kuni taqdim qilingan Xiaomi Mi6’ning ba’zi manbaalarda undan o‘zib ketgani yozilgan edi. Biroq, smartfon hali rasman imtihondan o‘tmagani va xalqaro bozorga chiqarilmagani, faqat Xitoyda mavjudligi bois, ushbu reytingga kiritilmagan.

Quyidagi jadvalda iOS tizimida ishlaydigan qurilmalarning samaradorligi bo‘yicha reytingi tuzilgan.

Jahonning eng samarador Snapdragon 835 protsessori bilan ta’minlangan Samsung Galaxy S8+ hamda Galaxy S8 taqdim qilingach, 2-o‘rindagi iPhone 7 o‘rnini ularga bo‘shatib, o‘zi 4-o‘ringa tushib ketdi. Undan keyingi o‘rinda esa xitoylik OnePlus 3T smartfoni turibdi.

Android smartfonlari orasida Samsung Galaxy S8 ancha payt 3-o‘rinda bo‘lib kelgan OnePlus 3T’ni mag‘lub qilib, eng yaxshi ishlaydigan Android qurilmaga aylandi.

Samsung Galaxy S8+ (SM-G955F) hamda Galaxy S8 (SM-G950F) modellari, ya’ni Samsung Exynos 9 (8895) protsessori va Mali-G71 MP20 video-kartasiga ega talqini ham samaradorlikda peshqadam.

Kuchli o‘ntalikda LeEco Le Pro3, OnePlus 3, LeEco Le Max2, ZTE Axon 7, ASUS ZenFone 3, Moto Z hamda Xiaomi Mi 5s gadjetlarini ko‘rish mumkin.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.