Eng kuchli yigirmata smartfon (Master Lu, 2019 yil oktyabr reytingi)

  •   DiMaX
  •  1883
  •  05.11.2019 13:46

Eng kuchli yigirmata smartfon (Master Lu, 2019 yil oktyabr reytingi)

Master Lu benchmarki smartfonlarning samaradorligidan tashqari, boshqa jihatlarini ham tekshirishi bilan e’tiborga loyiq. Masalan, uning ma’lumotlari asosida antennasi eng kuchli smartfonlar, eng qattiq qizib ketuvchi smartfonlar hamda «sun’iy ong»li smartfonlar protsessorlari reytinglarini taqdim etganmiz.

O‘QING: TOP-10: Eng tezkor, ravon va qulay interfeysli smartfonlar (Master Lu, 2019 yil avgust)

Ushbu benchmark jamoasi oktyabr oyidagi eng yuqori samaradorlikka ega smartfonlar reytingini e’lon qildi. Mana, ularning to‘plagan ballari bilan tanishamiz:

Kutilganidek, Master Lu reytingida yuqori o‘rinlarni eng kuchli Android-protsessor – Snapdragon 855 Plus bazasidagi flagmanlar zabt etgan.

O‘QING: Terashop.uz’dagi yangilangan Samsung smartfonlari narxlari (2019 yil 4 noyabr)

Eng yuqori – 438 974 ballik natijani yangi brendning Realme X2 Pro flagmani qayd etgan. Keyingi o‘rinlarni tegishlicha Oppo Reno Ace, OnePlus 7T Pro, Smartisan Nut Pro 3 hamda OnePlus 7T egallagan. Kirin 990 5G chipseti bazasidagi flagmanlar oltinchi va yettinchi pog‘onalarnigina egallay olgan – bular Huawei Mate 30 Pro 5G hamda Huawei Mate 30 5G modellaridir.

Qizig‘i shundaki, Huawei’ning eng qimmat va innovatsion flagmani – Mate X buklamafoniga atigi 11-o‘rin nasib etgan. Sababi – unda kompaniyaning eng so‘nggi emas, balki undan avvalgi Kirin 980 chipseti qo‘llanganidir. Keyingi yil uning yangilangan – Kirin 990 5G protsessorli Mate Xs talqini chiqishi kutilmoqda.

Reytingga janubiy koreyalik texnogigantning flagmanlari emas, balki o‘rta narxli Galaxy A90 5G hamda hamyonbop turkumdagi Galaxy M30s modellari kirgani e’tiborga loyiq. Va nihoyat, TOP-20 ro‘yxatida Xiaomi’ning bittagina smartfoni bor va uyam flagman emas, balki arzonchi brendga mansub Redmi 8 (sotib olish) modelidir.

O‘QING: Huawei smartfonlarining Terashop.uz’dagi yangilangan narxlari (2019 yil 5 noyabr)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!