Eng mashhur kiber sport o‘yinlari bilan tanishamiz

Eng mashhur kiber sport o‘yinlari bilan tanishamiz

Yildan-yilga video o‘yinlarga bo‘lgan talab oshib borib, ko‘plab o‘yinlar virtual olamda o‘z o‘rnini topib bormoqda. Video o‘yinlar tarmog‘i hozirda kino va musiqa sohalaridanda ko‘p mablag‘ keltirmoqda. Ko‘pchilik uchun o‘yin o‘ynash shunchaki hobbi emas, balki kasbga aylangan. Professonal o‘yinchilar katta kiber sport musobaqalarida qatnashib, katta miqdordagi pullarga ega chiqishmoqda. 

Xo‘sh, qaysi o‘yin janri eng mashhur yoki qaysi o‘yinlarda katta miqdorda sovrin jamg‘armasiga ega chiqish mumkin? 

Kiber sport o‘yinlarining mashhurligi ortib borishi bilan professional o‘yinchilar soni ham muntazam ravishda oshib boryapti. Natijada, o‘yinlarning ommaboplik reytingi doimo o‘zgaradi. Shuning uchun quyida o‘tgan yillardagi eng mashhur bo‘lgan beshta kiber sport o‘yinini taqdim etamiz. Ushbu beshlik so‘nggi yillarda ommabop eSport o‘yinlari bo‘yicha tengsiz bo‘lib qolmoqda. 

Counter-Strike: Global Offensive (CS GO) 

Ushbu otishma o‘yinning klassik rejimida besh kishidan iborat ikki jamoa bir-biri bilan kurashadi. Tirik qolgan jamoa esa raund bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritadi. 

O‘yinning o‘ziga xos xususiyati shundaki, boshqa otishma o‘yinlarga qaraganda uni o‘rganish nisbatan oson. O‘yinda turli xil xarita, granata va qurollar mavjud. Qurollarning barchasi turli xil o‘q otish usuliga ega, bu esa o‘yinni yanada qiziqarliligini oshiradi. Hatto tajribali o‘yinchilarni ham qiyinchilikka uchrashadi. 

Janr: otishma, 10,000 dan oshiq professional o‘yinchilar o‘ynaydi

Kompaniya: Valve Corporatio

Yaratilgan sana: 21.08.2012

O‘ynash yoshi: 16 

League of Legends 

«League of Legends» strategiya o‘yinida ikki jamoa klassik MOBA xaritasida bir-biri bilan raqobatlashadi. Har bir jamoa beshtadan iborat bo‘lib, ularning har biri mavjud beshta roldan birini o‘z zimmasiga oladi.

Har bir qahramon to‘rt xil qobiliyatga ega va turli xil taktikalarni talab qiladi. Har bir rolning o‘yinchilari o‘zlarining o‘yin pozitsiyalari bo‘yicha raqib jamoasining bir xil rollari bilan raqobatlashadilar. Maqsad raqiblarni yo‘q qilish orqali ular ustidan ustunlikni qo‘lga kiritish va shu bilan ularning bazasiga kirib, ularning aloqalarini yo‘q qilishdir. 

Janr: urush, 7130 dan oshiq professional o‘yinchilar o‘ynaydi

Yaratilgan sana: 27.10.2009

Kompaniya: Riot Games

O‘ynash yoshi: 12 

Fortnite 

Battle Royale “Fortnite“ otishma o‘yinning eng qiziqarli qismi. O‘yinining  printsipi oddiy: jami 100 nafar o‘yinchi ulkan xaritada bir-biri bilan raqobatlashadi. Oxirgi omon qolgan g‘alaba qozonadi. 

Boshqa Battle Royale unvonlaridan farqli o‘laroq, Fortnite turli xil resurslarni olish va tuzilmalarni qurishga alohida e’tibor beradi. Bu boshqa o‘yinchilarga qarshi kurashda taktik ustunlik yaratishi yoki himoyani ta’minlashi mumkin. 

Janr: otishma, 4000 dan ortiq professional o‘yinchilar o‘ynaydi. 

Chiqarilgan sana: 25.07.2017

Kompaniya: Epic Games

O‘ynash yoshi: 16 

Dota 2 

League of Legends kabi Dota 2 o‘ynida ham besh o‘yinchidan iborat ikki jamoa bir-biri bilan kurashadi. O‘yinda 110 dan ortiq turli qahramonlar mavjud. Ancha yillardan buyon Dota 2 eng ommabop eSport o‘yinlari qatoridan o‘rin olmoqda. 

Janr: urush

Chiqarilgan sana: 09.07.2013

Kompaniya: Valve Corporation

O‘ynash yoshi: 12

Overwatch 

World of Warcraft o‘yini yaratuvchisi hisoblanuvchi Blizzard Entertainment kompaniyasi Overwatch otishma o‘yinini ham yaratdi. Ushbu o‘yinda ham turli xil qahramonlar uchun turli ro‘llarni tanlash mumkin. 

Janr: otishma, 3000 dan ortiq professional o‘yinchilar o‘ynaydi

Chiqarilgan sana: 24.05.2016

Kompaniya: Blizzard Entertainment

O‘ynash yoshi: 16 

O‘QING: Bu divanda nafaqat uxlash, balki o‘yin o‘ynash va ovqatlanish ham mumkin