Eng muvaffaqiyatli mobil o‘yin shu kungacha yarim milliard dollar daromad keltirgan

  •   DiMaX
  •  1401
  •  09.02.2019 12:01

Eng muvaffaqiyatli mobil o‘yin shu kungacha yarim milliard dollar daromad keltirgan

Smartfonlar rivojlanishi bilan mobil o‘yinlar industriyasi ham taraqqiy etib kelmoqda. Shu bilan birga, ishlab chiquvchilarga ayrim o‘yinlar ancha-muncha daromad ham keltiradi.

O‘QING: 2018 yilda eng ommalashgan o‘yin va ilovalar: foydalanuvchilar ularga 76 milliard dollar sarflashgan!

Sensor Tower tadqiqot kompaniyasining hisoblashicha, Epic Games taqdim etgan Fortnite hozirgacha App Store’da eng muvaffaqiyatli o‘qin bo‘lgan. U atigi 326 kun ichida 500 million dollardan oshiq daromad keltirgan. Bu esa mashhur Clash Royale mobil o‘yinidan yuqori ko‘rsatkichdir.

iOS-qurilmalar uchun Fortnite o‘yini o‘tgan yilning 15 martida taqdim etilgan bo‘lib, ishlab chiquvchi undan kuniga o‘rtacha bir yarim million dollar pul ishlab olmoqda. Android tizimida esa bu o‘yin 2018 yilning avgustida beta tarzida paydo bo‘lgan va hozirgacha taxminan 100 ming dollar foyda keltirgan.

Umuman olganda, Fortnite turli platformalarda eng ommabop o‘yinlardan bo‘lib kelayotir, ammo yaqindagina unga raqib, tag‘in bepul bir ham paydo bo‘lgan...

O‘QING: Apex Legends o‘yini birinchi kuniyoq Fortnite’dan o‘zib ketdi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.