Eng muvaffaqiyatli o‘yinning uchinchi mavsumi 1 oktyabrda chiqadi! (+2ta video)

  •   DiMaX
  •  1341
  •  28.09.2019 18:27

Eng muvaffaqiyatli o‘yinning uchinchi mavsumi 1 oktyabrda chiqadi! (+2ta video)

Electronic Arts kompaniyasi hamda Respawn Entertainment o‘yin studiyasi Apex Legends o‘yinining uchinchi mavsumini e’lon qildi. Eng tez o‘suvchi auditoriyasi bilan e’tiborga loyiq bo‘lgan ushbu o‘yin atigi 8 soatda bir millionlik ko‘rsatkichdan oshgani, birinchi kuniyoq Fortnite’dan o‘zib ketgani haqida yozganmiz.

O‘QING: Yilning eng muvaffaqiyatli Apex Legends o‘yini endi smartfonlarga ham chiqadi! (+video)

Apex Legends’ning uchinchi mavsumi «Eriyotgan muz» deb nomlanib, PlayStation 4, Xbox One hamda PC (Origin) uchun 2019 yilning 1 oktyabrida taqdim etiladi.

Mana, uning chiqarilishiga bag‘ishlab tayyorlangan treyleri:

Uchinchi mavsumda yangi qo‘shilgan eng e’tiborga loyiq elementlar – Kripto ismli xaker-jangchi hamda Talos sayyorasidagi «Dunyoning chekkasi» xaritasidir. Shuningdek, unda yana yuzdan oshiq eksklyuziv predmetlarni o‘z ichiga olgan jangovar aslahalar, Charge Rifle nomli yangicha qurol turi ham mavjud.

O‘QING: The Guardian reytingi: XXI asrning eng zo‘r ellikta o‘yini

Quyida esa uchinchi mavsum Apex Legends’ning geympley treylerini tomosha qilamiz:

Bulardan tashqari, yangi mavsumda «shohona jang»ning ikkinchi reyting seriyasi boshlanadi.

O‘QING: Mashhur pulli o‘yining iPhone va Android-smartfonlarga BEPUL chiqish sanasi aniq bo‘ldi (+video)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!