Eng oddiy va eng foydali mobil tarifga 1 sentyabrgacha bepul ulaning!

  •   DiMaX
  •  2066
  •  30.06.2020 14:53

Eng oddiy va eng foydali mobil tarifga 1 sentyabrgacha bepul ulaning!

«O‘zbektelekom» aksionerlik kompaniyasining Uzmobile uyali aloqa operatori yaqinda yangi – «ONLIME» tarif rejasini e’lon qilgan edi. Shuningdek, u ikkita tarif rejasida yanada ko‘proq megabaytlar beryapti.

O‘QING: UzMobile'da operator bo‘lib ishlash uchun nima qilish kerak?

Mazkur operator endi GSM standart tarmog‘i abonentlari uchun 1 sentyabr sanasiga qadar «ODDIY 10» tarif rejasiga BEPUL ulanishni taklif etyapti!

UZTELECOM xabariga ko‘ra, «ODDIY 10» tarif rejasiga 2020 yil 1 sentabrga qadar ulanish uchun 10 000 so‘m to‘lashingiz talab etilmaydi. Kompaniyaning eng oddiy va eng foydali tarifiga mutlaqo BEPUL ulaning va oilangiz hamda do‘stlaringiz bilan aloqada bo‘ling, deyiladi unda.

«ODDIY 10» tarif rejasining shartlari va boshqa btafsil ma’lumotlar bilan ushbu havola orqali kompaniya saytida tanishish mumkin.

O‘QING: Uzmobile ikkita tarif rejasida internet-trafik limitini oshiryapti, lekin...

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!