Eng ommabop 10 smartfon (1-hafta)

Eng ommabop 10 smartfon (1-hafta)

GSMArena.com sayti haftalik ravishda trenddagi smartfonlar o‘ntaligini e’lon qiladi. Bu ularning saytidagi qidiruvlar soniga asoslanadi. Biz ham mana shu reytingni sizga taqdim qilamiz.

2020-yilning ilk chartidagi dastlabki o‘rinlar deyarli o‘zgarmagan.

Redmi Note 8 Pro yana birinchilikka chiqib olgan bo‘lsa, Galaxy A51'ga kumush medal nasib qildi.

Top uchlikni yakunlab bergan Redmi Note 8'dan keyingi pog‘ona yaqinda taqdim qilingan Oppo Reno3 Pro'ga tegdi.

Samsung'ning Galaxy A71'i qoq markazga joylashgan bo‘lsa, Xiaomi yaratgan Mi Note 10 Pro oltinchilik bilan cheklandi.

O‘tgan yilgi chartlarimizda muqim qolgan Galaxy A50 yangi yilda ham ko‘rinish bermoqda — yettinchi o‘rin. Bayram sovg‘asi sifatida ko‘p xarid qilingan Apple iPhone 11 Pro Max'ni esa reytingimizning sakkizinchi pog‘onasida qayta ko‘rishdan mamnunmiz.

O‘ntaligimizdagi to‘rtinchi Samsung smartfoni Galaxy A70 va taqdimotiga bir necha kun qolgan Realme X50 5G'larga mos ravishda eng so‘nggi ikki pog‘ona nasib qildi. Realme devaysining reytingi keyingi haftalarda yuqorilashi ehtimoli bor.

Samsung Galaxy A01, Redmi K30 va Oppo A91'larga xayrlashuv so‘zini aytdik. Shunday qilib, 2020-yilgi ilk chartimizdagi to‘rtta o‘rin Samsung, uchtasi Xiaomi, qolgan uchtasi Apple, Realme va Oppo'larga nasib qildi.

Xiaomi Redmi Note 8 Pro
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: 2
Samsung Galaxy A51
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: 4
Xiaomi Redmi Note 8
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: 3
Oppo Reno3 Pro
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan
Samsung Galaxy A71
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: 1
Xiaomi Mi Note 10 Pro
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: 9
Samsung Galaxy A50
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: 8
Apple iPhone 11 Pro Max
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan
Samsung Galaxy A70
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: 10
Realme X50 5G
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan

Barcha tasvirlar GSMArena.com saytidan olindi.

O‘QING: O‘tgan hafta trendda bo‘lgan top 10 smartfon (ellik birinchi hafta)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!