Eng ommabop 10 smartfon (10-hafta)

Eng ommabop 10 smartfon (10-hafta)

O‘tgan hafta taqdimotlar ko‘p bo‘ldi va chartimiz ham tanib bo‘lmas darajada o‘zgarishlarga yuz tutdi.

Realme 6 Pro birinchi pog‘onani zabt etgan bo‘lsa, Samsung Galaxy S20 Ultra ikkinchi o‘rnida qoldi.

Redmi Note 8 Pro uchinchi o‘ringa ko‘tarikgan bo‘lsa, Galaxy M31'ga to‘rtinchilik nasib qildi.

Yangi Xiaomi Black Shark 3 Pro qoq markazda bo‘lsa, keyingi o‘rinlarni mos ravishda Galaxy A51 va Redmi Note 8'lar egallab turibdi.

Huawei P40 Lite E va Realme 6'lar ham yangi qo‘shilganlardan bo‘lib, sakkizinchi va to‘qqizinchi o‘rinlarni band etdi.

Samsung Galaxy A71 eng so‘nggi o‘rinni egallab, o‘ntaligimizga yakun yasab berdi. Sony Xperia 1 II, Xperia 10 II, Xiaomi Mi 10 Pro va LG V60 ThinQ'lar bilan xayrlashdik.

Shunday qilib, o‘ninchi haftada trendda bo‘lgan o‘nta smartfon ro‘yxati Samsung'ning 4 ta, Xiaomi'ning 3 ta, Realme'ning 2 ta va Huawei'ning 1 ta qurilmasidan iborat bo‘ldi.

Realme 6 Pro
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan
Samsung Galaxy S20 Ultra 5G
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: 2
Xiaomi Redmi Note 8 Pro
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: 5
Samsung Galaxy M31
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: 7
Xiaomi Black Shark 3 Pro
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan
Samsung Galaxy A51
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: 3
Xiaomi Redmi Note 8
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: 6
Huawei P40 Lite E
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan
Realme 6
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan
Samsung Galaxy A71
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: 8

Barcha tasvir va renderlar GSMArena.com saytidan olindi.

O‘QING: Eng ommabop 10 smartfon (9-hafta)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.