Eng ommabop 10 smartfon (11-hafta)

Eng ommabop 10 smartfon (11-hafta)

Redmi o‘tgan haftada mutlaq g‘olibga aylandi. Kompaniyaning yangi Note 9 juftligi texnoishqibozlar e’tiborini o‘ziga qarata oldi va smartfonlar chartimizdan yuqori pog‘onalarni egalladi.

Qizig‘i, Pro versiya Pro Max'dan ko‘ra ommaboproq bo‘ldi. Shunday qilib, bu ikki smartfon dastkabki ikki o‘rinni band etdi.

Uchinchi o‘rinda Huawei P40 Pro Premium turgani Google ilovalari bo‘lmasa ham, muxlislar Huawei'ga xayrixoh ekanligining yorqin isbotidir.

O‘tgan galgi ro‘yxatimizning top 3 yetakchisi keyingi o‘rinlarga loyiq ko‘rildi. To‘rtinchi o‘rinda
Realme 6 Pro, beshinchida Samsung Galaxy S20 Ultra hamda oltinchi o‘rinda Redmi Note 8 Pro'lar turibdi.

Yettinchi o‘rin Samsung'ning Galaxy M31'i bilan band bo‘lgan bo‘lsa, chartimizning doimiy vakiliga aylanib ulgurgan Galaxy A51 sakkizinchi o‘rinda.

Redmi Note 8 va Realme 6i'larga eng so‘nggi pog‘onalar nasib qildi. Shu bilan o‘tgan safargi reytingimizga kirgan Black Shark 3 Pro, Huawei P40 Lite E, Realme 6 va Samsung Galaxy A71'larga bu safar o‘rin nasib qilmadi.

Xullas kalom, o‘n birinchi haftadagi reyting Xiaomi'ning 4 ta, Samsung'ning 3 ta, Realme'ning 2 ta va Huawei'ning 1 ta smartfonidan tarkib topdi.

Xiaomi Redmi Note 9 Pro
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan
Xiaomi Redmi Note 9 Pro Max
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan
Huawei P40 Pro Premium
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan
Realme 6 Pro
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: 1
Samsung Galaxy S20 Ultra 5G
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: 2
Xiaomi Redmi Note 8 Pro
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: 3
Samsung Galaxy M31
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: 4
Samsung Galaxy A51
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: 6
Xiaomi Redmi Note 8
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: 7
Realme 6i
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan

Barcha tasvir va renderlar GSMArena.com va WhatMobile.com.pk saytlaridan olindi.

O‘QING: Eng ommabop 10 smartfon (10-hafta)