Eng ommabop 10 smartfon (12-hafta)

Eng ommabop 10 smartfon (12-hafta)

O‘zgarishlarga boy bo‘lgan ushbu haftadagi reytingimizning ilk uch o‘rni yangi qurilmalar bilan band bo‘ldi. Nokia 8.3 5G va Samsung Galaxy A41'lar mos ravishda birinchi va ikkinchi pog‘onalarni egallagan bo‘lsa, top uchtalikka Xiaomi Redmi K30 Pro yakun yasadi.

Snapdragon 865 chipida ishlovchi va hali taqdim qilinmagan Redmi K30 Pro bahorning eng kutilgan smartfonlaridan biri bo‘lishi aniq, taqdimotdan oldinoq reytingdan yuqori o‘rin egallagani ham bunga isbot.

O‘tgan chartimizda yetakchi bo‘lgan Redmi Note 9 Pro Max va Redmi Note 9 Pro juftligi to‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarda, ammo o‘tgan galdan farqli o‘laroq, ikki qurilma bu safar reytingda o‘rin almashdi.

Oltinchi o‘rin Realme 6 Pro'ga nasib qilgan bo‘lsa, yettinchilikda Samsung Galaxy S20 Ultra turibdi. Galaxy S20 triosining eng qimmat vakili texnoishqibozlarga eng yoqib tushgani ko‘rinib turibdi, qolgan ikki model chartimizda anchadan beri ko‘rinish bermadi.

Sakkizinchi o‘rinda navbatdagi yangi qurilma — Apple iPad Pro 11 (2020). Qizig‘i, ko‘pdan beri planshet reytingimizdan o‘rin olmagandi.

Samsung Galaxy M31 to‘qqizinchiga tushib ketdi va eng so‘nggi o‘rin Redmi Note 8 Pro'ga tegdi. Note 8 Pro bilan chartimizda 4 ta Xiaomi smartfoni o‘rin oldi. E’tiborlisi, ularning barchasi Redmi oilasiga tegishli. Aftidan, Mi'larga unchalik ham qiziqishmayapti.

Huawei P40 Pro Premium'ga xayrlashuv so‘zini aytdik, ammo taqdim qilinishi bilan flagman ro‘yxatimizga yana qaytishi mumkin. Shuningdek, Samsung Galaxy A51, Redmi Note 8 va Realme 6i'lar ham o‘ntalikka kirmadi.

Shunday qilib, o‘n ikkinchi haftadagi reytingizmiz Xiaomi'ning 4 ta, Samsung'ning 3 ta, Apple'ning 1 ta, Realme'ning 1 ta va Nokia'ning 1 ta qurilmasidan iborat bo‘ldi.

Nokia 8.3 5G
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan
Samsung Galaxy A41
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan
Xiaomi Redmi K30 Pro
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan
Xiaomi Redmi Note 9 Pro Max
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: 2
Xiaomi Redmi Note 9 Pro
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: 1
Realme 6 Pro
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: 4
Samsung Galaxy S20 Ultra 5G
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: 5
Apple iPad Pro 11 (2020)
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan
Samsung Galaxy M31
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: 7
Xiaomi Redmi Note 8 Pro
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: 6

Barcha tasvir va renderlar GSMArena.com saytidan olindi.

O‘QING: Eng ommabop 10 smartfon (11-hafta)