Eng ommabop 10 smartfon (13-hafta)

Eng ommabop 10 smartfon (13-hafta)

O‘n uchinchi hafta uchun reytingimiz ham tayyor. Ta’kidlash kerakki, bu galgi chartimiz keskin o‘zgarishlarga yuz tutdi. O‘tgan haftada taqdim qilingan ikki model qurilmalar eng ommabop smartfonlar ro‘yxatida o‘z so‘zini aytdi.

Huawei’ning yangi modellari bu safar yetakchilikni qo‘lga kiritdi. Huawei P40 Pro va P40 Pro+ lar mos ravishda dastlabki ikki pog‘onani band qilib turibdi. Uchinchi o‘rinda esa kutilmaganda taqdim qilingan hamyonbop Xiaomi Mi 10 Lite 5G smartfonidir.

To‘rtinchida — Redmi Note 9 Pro'ning global talqini — Redmi Note 9S turibdi. Ro‘yxatimizning qoq o‘rtasi Redmi K30 Pro'ga nasib qildi.

Huawei P40 oltinchida, Xiaomi Redmi K30 Pro Zoom esa yettinchida turibdi.

Samsung'ning taqdim qilinishi kutilayotgan qurilmalaridan Galaxy M51 sakkizinchilikni band qildi.

Oxirgi ikki pog‘ona Redmi Note 9 Pro va Samsung Galaxy S20 Ultra'ga tegdi.

Shunday qilib, bu galgi ro‘yxatimizdan faqat uchta kompaniya qurilmalari o‘rin oldi: Xiaomi'ning 5 ta, Huawei'ning 3 ta, Samsung'ning esa 2 ta smartfoni eng ommabop bo‘ldi.

Huawei P40 Pro
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan
Huawei P40 Pro+
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan
Xiaomi Mi 10 Lite 5G
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan
Xiaomi Redmi Note 9S
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan
Xiaomi Redmi K30 Pro
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: 3
Huawei P40
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan
Xiaomi Redmi K30 Pro Zoom
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan
Samsung Galaxy M51
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan
Xiaomi Redmi Note 9 Pro
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: 5
Samsung Galaxy S20 Ultra
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: 7

Barcha tasvir va renderlar GSMArena.com saytidan olindi.

O‘QING: Eng ommabop 10 smartfon (12-hafta)