Eng ommabop 10 smartfon (14-hafta)

Eng ommabop 10 smartfon (14-hafta)

O‘n uchinchi haftadagi reytingimizning top uch o‘rnini egallagan qurilmalar o‘n to‘rtinchi haftada ham ommaboplikni hech kimga bermadi.

Faqat bu gal smartfonlar o‘rin almashdi: Xiaomi Mi 10 Lite 5G o‘tgan galgi uchinchi pog‘onasini Huawei P40 Pro bilan almashib, birinchi o‘ringa chiqib oldi. Huawei esa uchinchiga tushib qoldi. O‘rtada Huawei P40 Pro+ turibdi.

Xitoyliklarning navbatdagi smartfoni Xiaomi Redmi K30 Pro ham bir pog‘ona ko‘tarilib, to‘rtinchi o‘ringa o‘z nomini yozib qo‘ydi. 13-haftada oxirgi o‘rinda turgan Samsung Galaxy S20 Ultra esa bu safar qoq markazda.

Xiaomi Mi 10 Pro 5G'ni chartimizda qayta ko‘rganimizdan xursandmiz — oltinchi o‘rin. Hali taqdim qilinmagan Reno Ace 2'ga yettinchilik nasib qildi.

Bizni xursand qilib, yana ommabopga aylangan Samsung Galaxy A51 sakkizinchida turgan bo‘lsa, Redmi Note 8 Pro va Note 8'lar mos ravishda ro‘yxatni yakunlab berdi.

Shunday qilib, o‘n to‘rtinchi haftadagi reytingimiz Xiaomi'ning 5 ta, Huawei'ning 2 ta, Samsung'ning 2 ta va Oppo'ning 1 ta smartfonidan tarkib topdi. Huawei P40, Redmi Note 9S, Redmi K30 Pro Zoom va Samsung Galaxy M51'larga esa vidolashuv so‘zini aytdik, afsus.

Xiaomi Mi 10 Lite 5G
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: 3
Huawei P40 Pro+
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: 2
Huawei P40 Pro
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: 1
Xiaomi Redmi K30 Pro
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: 5
Samsung Galaxy S20 Ultra 5G
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: 10
Xiaomi Mi 10 Pro 5G
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan
Oppo Reno Ace 2
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan
Samsung Galaxy A51
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan
Xiaomi Redmi Note 8 Pro
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan
Xiaomi Redmi Note 8
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan

Barcha tasvir va renderlar GSMArena.com saytidan olindi.

O‘QING: Eng ommabop 10 smartfon (13-hafta)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!