Eng ommabop 10 smartfon (15-hafta)

Eng ommabop 10 smartfon (15-hafta)

O‘n beshinchi hafta ham o‘z nihoyasiga yetdi. Aytish kerakki, ortda qolgan yetti kun smartfon olamida voqealarga boy bo‘ldi va albattaki, bizning chartimizda ham o‘z so‘zini aytdi.

Taqdimoti yaqinlashib kelayotgan iPhone SE (2020) bu gal yetakchilik qildi. Xiaomi'ning doimiy mashhur Redmi Note 8 Pro'si naq yetti pog‘ona yuqorilab, ikkinchi o‘rinni band qilgan bo‘lsa, top uchtalikni OnePlus 8 Pro yakunlab berdi.

Samsung'ning Galaxy A51'i ham bu gal ancha ommalashib, to‘rtinchi o‘rinni egalladi. Xiaomi Redmi Note 8 esa beshinchida.

O‘tgan safargi chartimizdagi o‘rnini saqlab qolgan va kutilmaganda savdolari yaxshi ketayotgan Samsung Galaxy S20 Ultra oltinchilikka o‘z nomini yozdirib qo‘ydi. Sotuvlari boshlangani sabab Redmi Note 9S'ga bo‘lgan qiziqish oshganini ushbu qurilma yettinchi o‘rinda turganidan bilish mumkin.

Anchadan beri ko‘rinish bermayotgan va yaqinda 5G versiyasi taqdim qilingan Samsung Galaxy A71 sakkizinchilikka loyiq ko‘rilgan bo‘lsa, so‘nggi ikki o‘rin mos ravishda Huawei P40 Pro+ va P40 Pro'larga nasib qildi.

Bu esa Xiaomi Mi 10 Lite, Mi 10 Pro va Redmi K30 Pro'lar bilan xayrlashishimizga to‘g‘ri keldi, degani. Oppo Ace 2 ham bu gal eng ommabop 10 smartfondan biri bo‘lmadi.

Shunday qilib, o‘n beshinchi haftadagi top o‘ntaligimiz Xiaomi'ning 3 ta, Samsung'ning 3 ta, Huawei'ning 2 ta, Apple'ning 1 ta va OnePlus'ning 1 ta smartfonidan iborat bo‘ldi.

Apple iPhone SE (2020)
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan
Xiaomi Redmi Note 8 Pro
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: 9
OnePlus 8 Pro
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan
Samsung Galaxy A51
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: 8
Xiaomi Redmi Note 8
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: 10
Samsung Galaxy S20 Ultra 5G
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: 6
Xiaomi Redmi Note 9S
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan
Samsung Galaxy A71
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan
Huawei P40 Pro+
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: 2
Huawei P40 Pro
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: 3

O‘QING: Eng ommabop 10 smartfon (14-hafta)