Eng ommabop 10 smartfon (16-hafta)

Eng ommabop 10 smartfon (16-hafta)

Ortda qolgan o‘n oltinchi hafta Apple va OnePlus o‘zlarining yangi qurilmalarini taqdim qilgani bilan smartfonlar olamida muhim o‘rin tutdi. Tabiiyki, bu taqdimotlar ahamiyati bizning reytingimizda ham aks etdi.

Yangi hamyonbop iPhone SE avvalgi chartimizda ham birinchilikni egallagan edi. Qurilma bu gal ham mashhurligini yo‘qotmadi.

OnePlus 8 Pro ham yangi va ko‘chilikning e’tiborini tortishda davom etmoqda. Xitoyliklarning anchayin maqtalayotgan va Samsung Galaxy S20 Ultra'ga haqiqiy raqib bo‘lishi aytilayotgan ushbu qurilmasi ikkinchi pog‘onani band etdi.

Yangi iPhone SE'ga taqqoslanayotgani bois original iPhone SE ham ommabop bo‘lishga erishib, uchinchilikka o‘z nomini yozdirib qo‘ydi. Ochig‘ini aytganda, yangi iPhone ko‘p jihatdan, 2016-yilgi iPhone SE'ga emas, balki iPhone 8'ga o‘xshaydi, lekin Apple’ning o‘z qurilmalarini nomlash borasidagi strategiyasiga aralashish huquqi bizda yo‘q. Nima ham qilardik!?

Endi yana xitoyliklarga e’tibor qaratamiz. OnePlus 8'ga to‘rtinchi, Xiaomi Redmi Note 8 Pro'ga esa beshinchi o‘rin nasib qildi.

Reytingizmizga yangi qo‘shilgan Xiaomi Redmi Note 9 gadjeti esa oltinchida. Yettinchi o‘rinni Samsung o‘zining Galaxy A51'i bilan egallagan bo‘lsa, iPhone 7 sakkizinchilikni band etdi. Top o‘ntlaligimizda uchta iPhone bo‘lishi holati oxirgi marta iPhone 11 oilasi taqdim qilinganda yuz bergandi. Mana, bu yana takrorlandi.

Mish-mishlari tarqalayotgan Oppo A92s to‘qqizinchi, Redmi Note 8 esa oxirgi o‘rinlarni egallab, chartimizga yakun yasadi.

Shu bilan, Huawei P40 Pro juftligi, Redmi Note 9S, Samsung Galaxy A71 va S20 Ultra'larga vidolashuv so‘zini aytdik. Lekin negadir Honor'ning yangi qurilmari ro‘yxatimizga kira olmadi.

Shunday qilib, o‘n oltinchi haftadagi reytingimiz Apple'ning 3 ta, Xiaomi'ning 3 ta, OnePlus'ning 2 ta, Samsung'ning 1 ta va Oppo'ning 1 ta smartfonlaridan tarkib topdi.

Apple iPhone SE (2020)
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: 1
OnePlus 8 Pro
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: 3
Apple iPhone SE
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan
OnePlus 8
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan
Xiaomi Redmi Note 8 Pro
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: 2
Xiaomi Redmi Note 9
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan
Samsung Galaxy A51
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: 4
Apple iPhone 7
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan
Oppo A92s
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan
Xiaomi Redmi Note 8
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: 5

Barcha tasvir va renderlar GSMArena.com saytidan olindi.

O‘QING: Eng ommabop 10 smartfon (15-hafta)