Eng ommabop 10 smartfon (17-hafta)

Eng ommabop 10 smartfon (17-hafta)

Taqdimoti o‘tgan hafta oxirida bo‘lib o‘tgan Huawei nova 7 seriyasi qurilmalari ko‘pchilikning e’tiborini tortib ulgurgan ko‘rinadi, Huawei nova 7 Pro 5G smartfoni chartimizda birinchi o‘ringa ko‘tarildi.

Kupertinoliklarning yangicha iPhone 8'i — iPhone SE esa ikkinchi o‘ringa tushib qoldi. Yaqindagina taqdim etilgan Xiaomi Mi 10 Youth top uchtalikka yakun yasab berdi.

Redmi'ning 10X'i to‘rtinchi pog‘onaga o‘z nomini yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, Huawei nova 7 5G'ga beshinchi o‘rin tegdi.

Xitoyliklarning anchayin maqtalib, iPhone 11 va Samsung Galaxy S20'larga haqiqiy raqib ekanligi aytilayotgan OnePlus 8 Pro smartfoni esa oltinchi o‘rinda.

Keyingi ikki o‘rin mos ravishda Xiaomi Redmi Note 8 Pro va Realme X3 5G modellariga nasib qildi.

Samsung Galaxy A51 va Xiaomi Redmi K30i 5G'lar esa ro‘yxtaga yakun yasadi.

O‘tgan haftadagi reytingimizdan o‘rin olgan original iPhone SE, iPhone 7, Redmi Note 8, Redmi Note 9, Oppo Reno A92s va OnePlus 8'lar esa bu gal chartga kirmadi.

Shunday qilib, o‘n yettinchi haftadagi top o‘ntaligimiz Xiaomi'ning 4 ta, Huawei'ning 2 ta, Apple'ning 1 ta, Realme'ning 1 ta, OnePlus'ning 1 ta va Samsung'ning 1 ta smartfonidan tarkib topdi.

Huawei nova 7 Pro 5G
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘talikka kirmagan
Apple iPhone SE (2020)
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: 1
Xiaomi Mi 10 Youth 5G
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘talikka kirmagan
Xiaomi Redmi 10X
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘talikka kirmagan
Huawei nova 7 5G
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘talikka kirmagan
OnePlus 8 Pro
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: 2
Xiaomi Redmi Note 8 Pro
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: 5
Realme X3 5G
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘talikka kirmagan
Samsung Galaxy A51
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: 7
Xiaomi Redmi K30i 5G
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘talikka kirmagan

O‘QING: Eng ommabop 10 smartfon (16-hafta)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.