Eng ommabop 10 smartfon (18-hafta)

Eng ommabop 10 smartfon (18-hafta)

Xiaomi o‘zining Redmi Note 9 Pro smartfonini taqdim qilishi bilan, gadjet hammaning e’tiborini ohangrabodek o‘zida tortdi va qurilma haftalik reytingizmida birinchi o‘ringa chiqib oldi.

iPhone SE (2020) va Mi 10 Youth ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni bo‘shatgani yo‘q.

O‘tgan haftadagi yetakchi Huawei nova 7 Pro 5G bu gal to‘rtinchi o‘ringa tushgan bo‘lsa, beshinchilik chartimizga yangi qo‘shilgan Redmi Note 9S'ga tegdi.

Oltinchi va sakkizinchi o‘rinlarni band etgan Redmi Note 8 Pro va Redmi Note 8'lar o‘rtasidagi yettinchilik Samsung Galaxy A51'ning ulushi bo‘ldi.

Avvallari, Samsung ro‘yxatimizdagi 10 ta o‘rindan beshtasini band qilardi, ammo bu gal faqat bitta qurilmani ko‘rib turibmiz.

Oxirgi pog‘onalarda esa LG Velvet va OnePlus 8 Pro turibdi. LG Velvet 7 may kuni taqdim qilinishi, 15 maydan esa Koreya do‘konlariga chiqishi kutilmoqda.

OnePlus 8 Pro ommaboplik borasida ikki hafta ichida 8 pog‘ona pastladi, keyingi haftada u bilan ham xayrlashishimiz ehtimoli yuqori.

Mana, top 10 talik bilan tanishdik. 18-haftadagi reytingimiz Xiaomi'ning beshta, Apple'ning bitta, Huawei'ning bitta, Samsung'ning bitta, LG'ning bitta va OnePlus'ning bitta smartfonidan tarkib topdi.

Xiaomi Redmi Note 9 Pro
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan
iPhone SE (2020)
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: 2
Xiaomi Mi 10 Youth
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: 3
Huawei nova 7 Pro 5G
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: 1
Xiaomi Redmi Note 9S
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan
Xiaomi Redmi Note 8 Pro
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: 7
Samsung Galaxy A51
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: 9
Xiaomi Redmi Note 8
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: 8
LG Velvet
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan
OnePlus 8 Pro
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: 6

Barcha tasvirlar GSMArena.com saytidan olindi.

O‘QING: Eng ommabop 10 smartfon (17-hafta)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!