Eng ommabop 10 smartfon (20-hafta)

Eng ommabop 10 smartfon (20-hafta)

Ortda qolgan yigirmanchi hafta chartimizga o‘zi bilan yangi yetakchini olib keldi.

O‘tgan hafta taqdim qilingan Samsung Galaxy A Quantum smartfoni birinchilikda. Ushbu qurilma faqatgina bitta koreys operatori SIM-kartasida ishlaydi. Bu qadar mashhur bo‘lishiga, bizningcha, qurilmaning nomlanishi (Quantum — kvant) sabab bo‘ldi.

Taqdimoti o‘tkazilgan hafta reytingida Poco F2 Pro ikkinchi o‘rinda. Hali taqdim qilinmagan Redmi Note 10 va iPhone 12 Pro Max'lar esa mos ravishda uch va to‘rtinchi pog‘onalarni band etib turibdi.

Redmi Note 9S beshinchi o‘ringa tushib qolgan bo‘lsa, birinchi chorakda butun dunyo bo‘ylab eng ko‘p sotilgan smartfon — Galaxy A51 oltinchi o‘rnini saqlab qoldi.

Mish-mishlari tarqalayotgan yana bir qurilma — Nokia 9.3 PureView yettinchilikka o‘z nomini yozdirdi. Redmi Note 8 Pro esa, o‘z nomiga mos, sakkizinchi o‘ringa tushib ketdi. Redmi Note 8'ga esa eng so‘nggi o‘rin nasib etdi. E’tibor bergan bo‘lsangiz, Xiaomi'ning hamyonbop lineykasining 3 ta avlodi (Note 8, 9, 10) top o‘ntaligimizdan joy oldi.

Ancha muddat yetakchilik qilgan iPhone SE (2020) esa keskin qulashga yuz tutdi — to‘qqizinchi o‘rin. Kelasi hafta kupertinoliklarning bu smartfonini chartimizda qayta ko‘rarmikanmiz?

«Itog‘ooo», yigirmanchi haftadagi eng ommabop smartfonlar ro‘yxati Xiaomi'ning beshta, Samsung'ning ikkita, Apple'ning ikkita va Nokia'ning bitta smartfonidan tarkib topdi.

Shunday qilib, o‘tgan galgi Redmi Note 9 Pro, Huawei P30 Pro New Edition, Xiaomi Mi Note 10 Lite va Samsung Galaxy S8 smartfonlari bizni tark etdi.

Samsung Galaxy A Quantum
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan
Xiaomi Poco F2 Pro
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan
Xiaomi Redmi Note 10
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan
Apple iPhone 12 Pro Max
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan
Xiaomi Redmi Note 9S
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: 4
Samsung Galaxy A51
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: 6
Nokia 9.3 PureView
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan
Xiaomi Redmi Note 8 Pro
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: 5
Apple iPhone SE (2020)
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: 3
Xiaomi Redmi Note 8
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: 7

O‘QING: Eng ommabop 10 smartfon (19-hafta)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!