Eng ommabop 10 smartfon (21-hafta)

Eng ommabop 10 smartfon (21-hafta)

Ortda qolgan yigirma birinchi haftada mish-mishlar charxpalagi bearmon aylandi. Bu charxpalak aylanishi bilan navbatdagi chartimizga ikkita yangi qurilma kirib keldi.

vivo X50 bu galgi taxtni egalladi. «Fazoviy» kompaniya «Uch yulduz»ning «Galaktika» A51'i «astronomik» natija qayd etdi — ikkinchi o‘rin. Aytish kerakki, Galaxy A51'ning «aka»si Galaxy A50 o‘tgan yilgi chartlarimizning deyarli barchasidan o‘rin egallar edi va mana A51 ham unga mos «uka» ekanligini isbotlamoqda.

Koreyslarning hali taqdim qilinmagan Galaxy Note 20+ iga bo‘lgan ishtiyoq ham kuchaygani ko‘rinib turibdi. 4,500 mA/soat sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘lishi aytilayotgan fablet uchinchi o‘rinni band etdi.

Keyingi pog‘onalarda esa Xiaomi smartfonlari kvinteti — Redmi Note 9S to‘rtinchilikka ko‘tarildi, Poco F2 Pro esa beshinchiga tushib ketdi. Keyin esa Redmi Note 8 Pro, 10 va 8'lar ketma-ket saf tortishdi.

Apple iPhone SE (2020) ga bu safar ham to‘qqizinchi o‘rin nasib qildi. Samsung Galaxy S8 esa yana kutilmaganda bizni yo‘qlab qoldi. 2017 yilgi flagman bizni tark etigisi kelmayapti.

Shunday qilib, dastro‘molni olgan holda Galaxy A Quantum, iPhone 12 Pro Max va Nokia 9.3 PureView'larga vidolashuv izhor ayladik.

Innaykeyin, xulosa qismiga o‘tsak, Xiaomi'ning beshta, Samsung'ning uchta, vivo‘ning bitta va Apple'ning bitta smartfoni yigirma birinchi haftadagi ro‘yxatimizni tuzib berdi.

vivo X50 Pro
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan
Samsung Galaxy A51
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: 6
Samsung Galaxy Note 20+
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan
Xiaomi Redmi Note 9S
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: 5
Xiaomi Poco F2 Pro
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: 2
Xiaomi Redmi Note 8 Pro
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: 8
Xiaomi Redmi Note 10
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: 3
Xiaomi Redmi Note 8
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: 10
Apple iPhone SE (2020)
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: 9
Samsung Galaxy S8
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan

O‘QING: Eng ommabop 10 smartfon (20-hafta)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!