Eng ommabop 10 smartfon (22-hafta)

Eng ommabop 10 smartfon (22-hafta)

Ortda qolgan yigirma ikkinchi haftada bir nechta smartfon taqdimoti bo‘lib o‘tdi va ulardan ikkitasi bizning trenddagi smartfonlar top 10 taligimizdan joy oldi.

Dastlabki ikki o‘rinni mos ravishda Xiaomi Redmi 10X Pro 5G va Nokia C5 Endi egallagan bo‘lsa, Xiaomi Redmi Note 9S top uchtalikka yakun yasadi.

O‘tgan galgi chartimizdagi o‘rnidan ikki pog‘ona pastlagan Samsung Galaxy A51 to‘rtinchilik bilan kifoyalandi. Do‘kon rastalaridan joy ola boshlagach, Sony Xperia 1 II esa qoq markazga ko‘tarildi.

Navbatda Xiaomi Redmi 8 juftligi, Pro variant oldinda, albatta. Xitoyliklardan keyin hindlarning Realme 6 Pro'si.

Apple iPhone SE (2020)'ning taqdiriga to‘qqizinchi o‘rin bitilgan shekilli, uch haftadan beri bu o‘rinni hech kimga bo‘shatmadi, baraka topgur! Oxirgi o‘rin Redmi 10X'ning 4G variantiga nasib qilgan ekan.

Shunday qilib, o‘tgan galgi chartimiz yulduzlarining yarmi bu safar «ta’tilga chiq»di. Sobiq mashhurlar qatorida vivo X50 Pro, Samsung Galaxy Note 20+, Poco F2 Pro, Redmi Note 10 va Galaxy S8lar bor.

Shunday qilib, ortda qolgan yigirma ikkinchi haftada Xiaomi'ning beshta, Nokia'ning bitta, Samsung'ning bitta, Sony'ning bitta, Realme'ning bitta va Apple'ning bitta smartfoni top o‘ntaligimizni tashkil etdi.

Xiaomi Redmi 10X Pro 5G
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan
Nokia C5 Endi
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan
Xiaomi Redmi Note 9S
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: 4
Samsung Galaxy A51
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: 2
Sony Xperia 1 II
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan
Xiaomi Redmi Note 8 Pro
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: 6
Xiaomi Redmi Note 8
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: 8
Realme 6 Pro
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan
Apple iPhone SE (2020)
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: 9
Xiaomi Redmi 10X 4G
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi:

Barcha tasvirlar GSMArena.com saytidan olindi.

O‘QING: Eng ommabop 10 smartfon (21-hafta)