Eng ommabop 10 smartfon (23-hafta)

Eng ommabop 10 smartfon (23-hafta)

Ortda qolgan yigirma uchinchi haftada eng ommabop smartfonlar ro‘yxatida ko‘p o‘zgarish sodir bo‘lish, reytingimizga beshta yangi qurilma kelib qo‘shildi.

Samsung Galaxy A51'ga bo‘lgan qiziqish ortib, smartfon birinchi o‘ringa ko‘tarildi. Xiaomi Redmi Note 9S ham bir pog‘ona yuqorilab, faxrli ikkinchi o‘rinni band etdi. Bronza medalimiz esa Xiaomi Redmi Note 8 Pro'ga nasib qildi.

To‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarga ham Xiaomi o‘z smartfonlari nomini yozdirib qo‘ydi — Note 8 va Note 9 Pro, mos ravishda. Yangi vivo X50 Pro+ ga esa oltinchi o‘rin nasib qilgan bo‘lsa, Galaxy A71 ro‘yxatimizga qaytib, yettinchi o‘rinni band qildi.

Xiaomi Mi Note 10 Lite ham qayta qo‘shildi — sakkizinchi o‘rin. Apple iPhone SE (2020) esa ketma-ket to‘rtinchi marta to‘qqizinchi pog‘onani hech kimga bermadi.

Bu galgi ro‘yxatimizni Galaxy M31 yakunlab berdi.

Xatcho‘pimizni olib hisoblasak, yigirma uchinchi haftadagi top 10 ro‘yxatimiz tarkibi borasida quyidagi xulosaga keldik: Xiaomi'ning beshta, Samsung'ning uchta, vivo'ning bitta va Apple'ning bitta smartfoni chartimizdan o‘rin egalladi.

Samsung Galaxy A51
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: 4
Xiaomi Redmi Note 9S
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: 3
Xiaomi Redmi Note 8 Pro
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: 6
Xiaomi Redmi Note 8
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: 7
Xiaomi Redmi Note 9 Pro
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan
vivo X50 Pro+
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi:Top o‘ntalikka kirmagan
Samsung Galaxy A71
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan
Xiaomi Mi Note 10 Lite
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan
Apple iPhone SE (2020)
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: 9
Samsung Galaxy M31
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan

Barcha tasvirlar GSMArena.com saytidan olindi.

O‘QING: Eng ommabop 10 smartfon (22-hafta)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.