Eng ommabop 10 smartfon (25-hafta)

Eng ommabop 10 smartfon (25-hafta)

Yigirma beshinchi haftaga kelib faqatgina ikkita kompaniya gadjetlari ro‘yxatimizdan o‘rin oldi. Bu o‘rinda oltita smartfoni ro‘yxatga kirgan Xiaomi yetakchi bo‘lsa, Samsung'ning 4 ta gadjeti chartimizdagi qolgan o‘rinlarni band etdi. Qizig‘i, xitoylik kompaniyaning barcha smartfonlari Redmi subbrendiga tegishli.

Redmi Note 9 Pro hamon ro‘yxatda yetakchilik qilayotgan bo‘lsa, Samsung Galaxy A51 ikkinchi o‘rinni saqlab qolgan. Redmi Note 9 9S'ni ortda qoldirib uchinchi o‘ringa ko‘tarildi. Redmi 9 esa A71'ni ortda qoldirgan holda to‘rtinchilikni band etdi. Qolgan o‘rinlarni mos ravishda Redmi Note seriyalari - Note 8, Note 8 Pro va Note 9S egalladi. Ro‘yxatning so‘nggi ikki o‘rnida Samsung'ning Galaxy M31 va Galaxy A21s gadjetlari joylashdi.

O‘tgan haftada ro‘yxatda bo‘lgan OnePlus Nord (OnePlus Z) va iPhone SE (2020) bu haftada top 10 talikni tark etdi.

Redmi Note 9 Pro
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: 1

Samsung Galaxy A51
Hozirgi reytingi: 2/ O‘tgan haftadagi reytingi: 2

Xiaomi Redmi Note 9
Hozirgi reytingi: 3/ O‘tgan haftadagi reytingi:9

Xiaomi Redmi 9
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi :6

Samsung Galaxy A71
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: 8

Xiaomi Redmi Note 8
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: 7

Xiaomi Redmi Note 8 Pro
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: 5

Xiaomi Redmi Note 9S
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: 3

Samsung Galaxy M31
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan

Samsung Galaxy A21s
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘nlikka kirmagan

O‘QING: Eng ommabop 10 smartfon (24-hafta) 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!