Eng ommabop 10 smartfon (27-hafta)

Eng ommabop 10 smartfon (27-hafta)

Yigirma yettinchi hafta bizning top o‘ntaligimizda unchalik ham katta o‘zgarish yasamadi. Aksariyat smartfonlar o‘zlarining oldingi ro‘yxatdagi o‘rnini saqlab qoldi. Masalan, Redmi Note 9 Pro yana birinchi, Galaxy A51 esa ikkinchi o‘rinlarni egallab turibdi.

Top uchlikni, o‘tgan galgi kabi, Redmi Note 9 yakunlab berdi.

To‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarda esa o‘zgarish kuzatildi, chunki Realme C11 va Galaxy A71 o‘rin almashdi. Hozirgi ro‘yxatda har ikki qurilma mos ravishda to‘rtinchi va beshinchi pog‘onani band etib turibdi.

Xiaomi Redmi Note 8 yana bir marta oltinchi o‘ringa o‘z nomini yozdirgan bo‘lsa, o‘tgan haftadagi eng so‘nggi o‘ninchi o‘rinda turgan OnePlus Nord bu gal yettinchilikka ko‘tarildi.

Samsung'ning yana ikki qurilmasi — Galaxy A21s va M31 sakkizinchi va o‘ninchi o‘rinda. O‘rtadagi to‘qqizinchi pog‘onaga esa Realme X3 o‘z nomini yozdirib qo‘ydi.

Shunday qilib, yigirma yettinchi hafatadagi ro‘yxatimiz Samsung'ning 4 ta, Xiaomi'ning 3 ta, Realme'ning 2 ta va OnePlus'ning 1 ta smartfonidan iborat bo‘ldi.

Xiaomi Redmi Note 9 Pro
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: 1
Samsung Galaxy A51
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: 2
Xiaomi Redmi Note 9
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: 3
Realme C11
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: 5
Samsung Galaxy A71
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: 4
Xiaomi Redmi Note 8
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: 6
OnePlus Nord 5G
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: 10
Samsung Galaxy A21s
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: 9
Realme X3
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan
Samsung Galaxy M31
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: 8

Barcha tasvirlar GSMArena.com saytidan olindi.

O‘QING: Eng ommabop 10 smartfon (26-hafta)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!