Eng ommabop 10 smartfon (3-hafta)

Eng ommabop 10 smartfon (3-hafta)

Samsung o‘zining Galaxy S20 lineykasini yaqin kunlarda taqdim etadi. Qurilmalar haqida sizib chiqayotgan ma’lumotlar texnoishqibozlar e’tiborini o‘ziga qarata oldi.

Shunday qilib, ilk pog‘onada Galaxy S20 Ultra flagmani turibdi. 

Undan keyingi o‘rinda ham Samsung smartfoni — Galaxy A51. Ushbu gadjet ham «aka»si kabi o‘ta muvaffaqiyatli bo‘ladigan ko‘rinadi.

Top uchtalikni Xiaomi Redmi Note 8 Pro yakunkab bergan bo‘lsa, yana bir Samsung flagmani Galaxy S20+ to‘rtinchilikdan joy oldi.

Keyingi o‘rinda esa Xiaomi Redmi Note 8 turibdi. Ro‘yxatning quyirog‘ida esa Galaxy A71 va Galaxy S10 Lite turibdi.

Xiaomi Mi Note 10 Pro sakkizinchi, undan keyin esa Galaxy A50 va Galaxy Note10 Lite turibdi.

iPhone 11 Pro Max, Sony Xperia 5 Plus'lar bilan esa xayrlashdik.

Shunday qilib, chartimizdan Samsung'ning 7 ta, Xiaomi'ning esa 3 ta smartfoni joy oldi.

Samsung Galaxy S20 Ultra
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan
Samsung Galaxy A51
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: 2
Xiaomi Redmi Note 8 Pro
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: 1
Samsung Galaxy S20+ 5G
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan
Xiaomi Redmi Note 8
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: 4
Hamsung Galaxy A71
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: 8
Samsung Galaxy S10 Lite
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: 3
Xiaomi Mi Note 10 Pro
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: 7
Samsung Galaxy A50
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: 9
Samsung Galaxy Note10 Lite
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: 5

Barcha tasvir va renderlar GSMArena.com saytidan olindi.

O‘QING: Eng ommabop 10 smartfon (2-hafta)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.