Eng ommabop 10 smartfon (30-hafta)

Eng ommabop 10 smartfon (30-hafta)

O‘tgan ikki hafta davomida top o‘ntaligimizdagi smartfonlar tarkibi o‘zgarmagandi, ammo bu gal reyting tanib bo‘lmas darajadagi tusga kirdi.

Taqdimotidan oldin uchinchi o‘rinni egallab turgan OnePlus Nord taqdim qilinib, mijozlarga yetkazilgach, ro‘yxatimizda birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Samsung'ning navbatdagi flagmani Galaxy Note20 haqida ma’lumotlar sizdirilgach, texnoishqibozlarning ushbu qurilmaga bo‘lgan qiziqishi oshdi va smartfon ikkinchi o‘rinni egalladi.

Mish-mishlari tarqalayotgan realme C15 ham anchayin muxlislar yig‘a olgani ko‘rinib turibdi — uchinchi o‘rin.

Redmi Note 9 Pro o‘tgan haftada chempion bo‘lgandi, lekin bu safar to‘rtinchi o‘ringa tushib qoldi. Xuddi shunday, Redmi Note 9 beshinchi o‘rinda.

Oltinchi pog‘onada esa Samsung Galaxy A51'i turibdi. Koreyslarning taqdim qilinganiga ancha bo‘lgan bu smartfoni yangi Asus ROG Phone 3'dan ommaboproq bo‘ldi, sababi Asus yettinchi o‘rinni band qilgan.

Hali taqdim qilinmagan, lekin chartimizdan o‘rin olgan to‘rtinchi smartfon Oppo Reno4 Pro bo‘ldi — sakkizinchi o‘rin.

Oxirgi ikki o‘rinni Redmi Note 9 (o‘z nomiga mos ravishda) va Asus ROG Phone 3 Strix band qildi.

Poco M2 Pro, Redmi Note 8 va Galaxy A71, A21s, M31'lar bilan esa xayrlashishimizga to‘g‘ri keldi.

Shunday qilib, ortda qolgan o‘ttizinchi haftada top o‘ntaligimiz tarkibi Xiaomi'ning 3 ta, Samsung'ning 2 ta, Asus'ninng 2 ta, OnePlus, realme va Oppo'larning bittadan smartfonidan tarkib topdi.

OnePlus Nord
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: 3
Samsung Galaxy Note20 5G
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘natikka kirmagan
realme C15
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Xiaomi Redmi Note 9 Pro
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: 1
Xiaomi Redmi Note 9
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: 4
Samsung Galaxy A51
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: 2
Asus ROG Phone 3 ZS661KS
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Oppo Reno4 Pro
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Xiaomi Redmi 9
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: 5
Asus ROG Phone 3 Strix
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan

Barcha tasvir va renderlar GSMArena.com saytidan olindi.

O‘QING: Eng ommabop 10 smartfon (29-hafta)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!