Eng ommabop 10 smartfon (31-hafta)

Eng ommabop 10 smartfon (31-hafta)

Ortda qolgan o‘ttiz birinchi hafta o‘zgarishlarga boy bo‘ldi. Bizning top smartfonlar ro‘yxatimizda sezilarli o‘zgarishlar kuzatildi.

Yangi taqdim qilingan Galaxy M31s smartfoni hammani ortda qoldirib, birinchilikni egalladi, OnePlus Nord esa ikkinchi o‘ringa tushib qoldi. Top uchlikka Black Shark 3S yakun yasadi.

Hali taqdim qilinmagan Redmi K30 Ultra haqida qator mish-mishlar tarqalgani bois ushbu qurilmaga bo‘lgan qiziqsh oshib, smartfon to‘rtinchi o‘rinni band qila oldi. Ro‘yxatimiz qoq markazi esa Redmi Note 9 Pro'ga nasib qildi.

Oltinchi o‘rin Oppo Reno4 bilan to‘ldi. Qizig‘i, Reno4 ro‘yxatimizga qo‘shilishi bilan Reno4 Pro bizni tark etdi.

Redmi Note 9 va Samsung Galaxy A51'lar mos ravishda yettinchi va sakkizinchi o‘rinlarni egallab turgan bo‘lsa, oxirgi ikki o‘rin Redmi 9 va Samsung Galaxy A71'ga nasib qildi.

Shunday qilib, o‘tgan galgi chartimizdan o‘rin olgan smartfonlarning deyarli yarmi bilan xayrlashdik. Ular qatoriga realme C15, Samsung Galaxy Note 20 Ultra, Oppo Reno4 Pro va Asus ROG Phone 3'lar kiradi.

O‘zingiz ham guvohi bo‘lganingizdek, ortda qolgan o‘ttiz birinchi hafta uchun eng ommabop o‘n smartfon ro‘yxatimiz tarkibi Xiaomi'ning 5 ta, Samsung'ning 3 ta, OnePlus'ning 1 ta va Oppo'ning 1 ta smartfonidan iborat bo‘ldi.

Samsung Galaxy M31s
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
OnePlus Nord
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: 1
Xiaomi Black Shark 3S
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Xiaomi Redmi K30 Ultra
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Xiaomi Redmi Note 9 Pro
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: 4
Oppo Reno4
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Xiaomi Redmi Note 9
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: 5
Samsung Galaxy A51
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: 6
Xiaomi Redmi 9
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: 9
Samsung Galaxy A71
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan

Tasvir va renderlar GSMArena va Android Authority saytlaridan olindi.

O‘QING: Eng ommabop 10 smartfon (30-hafta)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!