Eng ommabop 10 smartfon (32-hafta)

Eng ommabop 10 smartfon (32-hafta)

Samsung va Google o‘zlarining uzoq kutilgan smartfonlarini taqdim qilishlari bilan bizning haftalik reytingimizda tub burilishlar sodir bo‘ldi.

Tabiiyki, Galaxy Note 20 Ultra Samsung yangi taqdim qilgan qurilmalar ichida kishini o‘ziga eng ko‘p jalb qiluvchisi. S Pen'li smartfonlarning 5G va 4G'li versiyalari mos ravishda birinchi va ikinchi o‘rinlarni egalladi. Ammo Galaxy Note 20 hatto top o‘ntalikka kira olmadi ham.

Google'ning Pixel 4a smartfoni texnik jihatdan unchalik ham hayratlanarli bo‘lmas, ammo uning o‘ta hamyonbop narxi, bazaviy xotira sig‘imi va yaxshi tasvirga olish imkoniyatlari qurilmaga uchinchi o‘rinni olib keldi.

OnePlus Nord esa to‘rtinchi o‘ringa tushib qoldi. Undan keyingi pog‘onani Samsung Galaxy M31s egallab turibdi.

Oltinchi, yettinchi va sakkizinchi o‘rinlar Redmi triosiga nasib qilgan ekan. Mos ravishda, Xiaomi Redmi Note 9 Pro, Redmi Note 9 Prime va Redmi Note 9.

Samsung'ning Galaxy A51'i o‘z nomini to‘qqizinchiga yozdirgan bo‘lsa, bu haftalik chartimizga Redmi 9 yakun yasab berdi.

Shunday qilib, yangi taqdim qilingan smartfonlar sabab o‘tgan galgi Black Shark 3S, Redmi Note K30 Ultra, Oppo Reno4 Pro va Galaxy A71 bilan xayrlashdik. Boshqa smartfonlarni bilmadik-ku, lekin keyingi hafta rasman taqdim qilingach, K30 Ultra ro‘yxatimizga qayta qo‘shilishiga ishonchimiz komil.

Demak, ortda qolgan o‘ttiz ikkinchi haftadagi top 10 smartfon ro‘yxatimiz Samsung'ning 4 ta, Xiaomi'ning  4 ta, Google'ning 1 ta va OnePlus'ning 1 ta smartfonidan tarkib topdi.

Samsung Galaxy Note 20 Ultra 5G🔺
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan
Samsung Galaxy Note 20 Ultra🔺
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan
Google Pixel 4a🔺
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan
OnePlus Nord🔻
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: 2
Samsung Galaxy M31s🔻
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: 1
Xiaomi Redmi Note 9 Pro🔻
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: 5
Xiaomi Redmi 9 Prime🔺
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan
Xiaomi Redmi Note 9🔻
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: 7
Samsung Galaxy A51🔻
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: 8
Xiaomi Redmi 9🔻
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: 9

Barcha tasvir va renderlar GSMArena.com saytidan olindi.

O‘QING: Eng ommabop 10 smartfon (31-hafta)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!