Eng ommabop 10 smartfon (33-hafta)

Eng ommabop 10 smartfon (33-hafta)

Ro‘yxatimizda bu gal ham Ultra smartfoni yetakchi, ammo bu safar Samsung'ning emas, Xiaomi'ning Ultra'si. Yangi taqdim qilingan Mi 10 Ultra smartfoni shunchalar jozibador taklifki, u hammani o‘ziga qaratganidan hayron qolmasa ham bo‘ladi. Ammo, bu qurilma faqat Xitoyda sotuvga chiqishi hafsalani pir qiladi.

Samsung Galaxy Note 20 Ultra 5G ikkinchi o‘ringa tushib qolgan bo‘lsa, top uchlikka OnePlus Nord yakun yasab berdi.

Samsung Galaxy M31s'ga to‘rtinchi o‘rin nasib qilgan ekan. Keyingi o‘rinlarni mos ravishda Redmi Note 9 Pro va Note 9 qurilmalari band etdi.

Samsung Galaxy A51 chartimizning doimiy qatnashchilaridan. Bu hafta ushbu smartfon o‘zini yettinchi o‘rin bilan chegaraladi.

O‘tgan hafta top uchlikdan joy olgan Pixel 4a bu safar sakkizinchi o‘ringa «quladi».

Ro‘yxatimiz Xiaomi Redmi 9 va Microsoft Surface Duo'lar bilan yakunlandi.

Shu bilan, o‘tgan galgi Redmi 9 Prime va Galaxy Note 20 Ultra 4G'lar bilan xayrlashdik.

Yakunlangan o‘ttiz uchinchi haftadagi top smartfonlar ro‘yxati Xiaomi'ning 4 ta, Samsung'ning 3 ta, OnePlus'ning 1 ta, Google'ning 1 ta va Microsoft'ning 1 ta smartfonidan iborat bo‘ldi.

Xiaomi Mi 10 Ultra 🔺️
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Samsung Galaxy Note 20 Ultra 5G 🔻
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: 1
OnePlus Nord 🔺️
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: 4
Samsung Galaxy M31s 🔺️
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: 5
Xiaomi Redmi Note 9 Pro 🔺️
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: 6
Xiaomi Redmi Note 9 🔺️
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: 8
Samsung Galaxy A51 🔺️
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: 9
Google Pixel 4a 🔻
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: 3
Xiaomi Redmi 9 🔺️
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: 10
Microsoft Surface Duo 🔺️
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan

Barcha tasvirlar GSMArena.com saytidan olindi.

O‘QING: Eng ommabop 10 smartfon (32-hafta)