Eng ommabop 10 smartfon (34-hafta)

Eng ommabop 10 smartfon (34-hafta)

Ortda qolgan haftada hech qanday katta taqdimot bo‘lib o‘tmadi. Bu esa oldingi chartimizdagi yetakchilarga o‘z o‘rnini saqlab qolish imkonini berdi — Xiaomi Mi 10 Ultra hali ham birinchi, Samsung Galaxy Note 20 Ultra esa ikkinchi o‘rinni band qilib turibdi.

realme X7 Pro smartfoni esa taqdimot arafasida. Smartfon ko‘pchilikning e’tiborini o‘ziga qarata olgani ko‘rinib turibdi — uchinchi o‘rin.

«Aka-uka»lar Redmi Note 9 Pro va Redmi Note 9 mos ravishda to‘rtinchi va beshinchi pog‘onaga o‘z nomini yozdirib qo‘ydi.

Taqdimoti 26-avgust kuni bo‘lib o‘tishi kutilayotgan Asus Zenfone 7'ga esa oltinchilik nasib qildi.

O‘tgan safargi chartimizda top uchlikda savlat to‘kib turgan OnePlus Nord'ga bu gal omad yetishmadi. Qurilma yettinchi o‘ringa tushib ketdi. Ro‘yxatimizdagi doimiy hamrohimiz Galaxy A51 esa sakkizinchida.

Oxirgi ikki o‘rinni Redmi 9 va uning «qarindoshi» K30 Ultra to‘ldirdi.

Shunday qilib, Galaxy M31s, Google Pixel 4a va Microsoft Surface Duo'larni shuhrat cho‘qqisidan turg‘unlik tomon kuzatib qo‘ydik.

Hisob-kitobimiz shuni ko‘rsatmoqdaki, ortda qolgan 34-haftada Xiaomi'ning 5 ta, Samsung'ning 2 ta, realme'ning 1 ta, Asus'ning 1 ta va OnePlus'ning 1 ta smartfoni haftalik top o‘ntalikdan joy oldi.

Xiaomi Mi 10 Ultra🔴
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: 1
Samsung Galaxy Note 20 Ultra 5G🔴
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: 1
realme X7 Pro🔺️
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Xiaomi Redmi Note 9 Pro🔺️
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: 5
Xiaomi Redmi Note 9🔺️
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: 6
Asus Zenfone 7 ZS670KS🔺️
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
OnePlus Nord🔻
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: 3
Samsung Galaxy A51🔻
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: 7
Xiaomi Redmi 9🔴
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: 9
Xiaomi Redmi K30 Ultra🔺️
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan

O‘QING: Eng ommabop 10 smartfon (33-hafta)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!