Eng ommabop 10 smartfon (35-hafta)

Eng ommabop 10 smartfon (35-hafta)

Ortda qolgan o‘ttiz beshinchi hafta uchun tuzilgan reytingimizning katta qismi hali taqdim qilinmagan smartfonlardan iborat bo‘ldi.

realme 7 Pro texnoishqibozlarning e’tiborini o‘ziga eng ko‘p qarata olgan smartfon bo‘ldi. Undan keyingi o‘rinni Oppo F17 Pro qurilmasi band etdi. Ikkovlon Xiaomi Mi 10 Ultra va Samsung Galaxy Note 20 Ultra'larni «taxtdan ag‘dardi».

Xiaomi'ning eng so‘nggi Mi Note'i uchinchi o‘ringa tushib qoldi. Top uchlikdan keyingi dastlabki pog‘ona esa Redmi Note 9 Pro modeliga nasib qildi. Saytimizda ushbu smartfon tavsifini yozganmiz, uni o‘qish uchun bu yerga bosing.

Samsung Galaxy Note 20 Ultra esa qoq markazdan joy oldi. Oltinchi o‘rinni esa yaqinda taqdim qilingan Infinix Zero 8 qurilmasi band qildi.

Redmi Note 9 yettinchiga, Zenfone 7 Pro esa sakkizinchiga loyiq ko‘rildi.

Samsung Galaxy A51 to‘qqizinchilikka o‘z nomini yozdirgan bo‘lsa, so‘nggi o‘rin realme X7 bilan to‘ldi.

Shunday qilib, o‘tgan haftadagi OnePlus Nord, uchta Redmi 9 smartfoni, Note 9 va K30 Ultra'lar bu gal chartimizdan joy olmadi.

O‘ttiz beshinchi haftadagi ro‘yxatimiz Xiaomi'ning 3 ta, realme'ning 2 ta, Samsung'ning 2 ta, Oppo'ning 1 ta, Infinix'ning 1 ta va Asus'ning 1 ta smartfonidan tarkib topdi.

realme 7 Pro🔺️
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Oppo F17 Pro🔺️
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Xiaomi Mi 10 Ultra🔻
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: 1
Xiaomi Redmi Note 9 Pro🔴
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: 4
Samsung Galaxy Note 20 Ultra 5G🔻
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: 2
Infinix Zero 8🔺️
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Xiaomi Redmi Note 9🔻
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: 5
Asus Zenfone 7 Pro ZS671KS🔺️
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Samsung Galaxy A51🔻
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: 8
realme X7 Pro🔻
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: 3

O‘QING: Eng ommabop 10 smartfon (34-hafta)