Eng ommabop 10 smartfon (37-hafta)

Eng ommabop 10 smartfon (37-hafta)

Bir haftalik tanaffusdan so‘ng ommabop smartfonlar ro‘yxatimiz yana qaytdi va bu gal ko‘plab yangi chehralar bilan tanishamiz.

Yangi taqdim qilingan Poco X3 NFC smartfoni bu haftaning yetakchisi bo‘lgan bo‘lsa, Samsung'ning quyi toifa Galaxy M51 modeli ikkinchi o‘rinni band qildi. O‘tgan safargi reytingimizdagi yetakchi — realme 7 Pro bu gal top uchlikka yakun yasab berdi.

Keyingi o‘rinlarda bir juft Redmi smartfoni — Redmi Note 9 Pro va Redmi Note 9; mos ravishda, to‘rtinchi va beshinchi o‘rinlar. Top o‘ntalikning doimiy vakili Galaxy A51 esa uch pog‘ona ko‘tarilib, oltinchilikka o‘z nomini yozdirdi.

Ko‘pchiligimiz uchun armonga aylangan Xiaomi Mi 10 Ultra esa yettinchi o‘ringa tushib qoldi. Bu smartfon faqat Xitoyda sotilishini bilgach, ko‘pchilikning hafsalasi pir bo‘ldi, shekilli.

Qolgan uchta pog‘onani yangi smartfonlar yakunlab berdi. Poco M2 sakkizinchi, Motorola Moto G9 Plus to‘qqizinchi, taqdimoti oktyabr yoki noyabr oylaridan birida bo‘lishi kutilayotgan iPhone 12 Pro Max esa oxirgi o‘rinda.

Shunday qilib, o‘ttiz yettinchi haftadagi reytingimiz Xiaomi'ning 5 ta, Samsung'ning 2 ta, realme'ning 1 ta, Motorola'ning 1 ta va Apple'ning 1 ta smartfonidan tarkib topdi.

Xiaomi Poco X3 NFC🔺️
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Samsung Galaxy M51🔺️
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
realme 7 Pro🔻
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: 1
Xiaomi Redmi Note 9 Pro🔴
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: 4
Xiaomi Redmi Note 9🔺️
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: 7
Samsung Galaxy A51🔺️
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: 9
Xiaomi Mi 10 Ultra🔻
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: 3
Xiaomi Poco M2🔺️
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Motorola Moto G9 Plus🔺️
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Apple iPhone 12 Pro Max🔺️
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan

Barcha tasvir va renderlar GSMArena.com saytidan olindi.

O‘QING: Eng ommabop 10 smartfon (35-hafta)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!