Eng ommabop 10 smartfon (39-hafta)

Eng ommabop 10 smartfon (39-hafta)

Taqdimotiga bir necha hafta qolgan Apple iPhone 12 Pro Max ketma-ket ikkinchi hafta birinchilikni band qilib turibdi.

Keyingi o‘rinni esa ro‘yxatimizga yangi kelib qo‘shilgan Samsung Galaxy S20 FE smartfoni egallagan bo‘lsa, top uchlikka Poco X3 NFC yakun yasadi.

Samsung Galaxy M51 o‘zining to‘rtinchi pog‘onadagi o‘rnini saqlab qoldi, yangi chiqqan Poco X3 (NFC taqlin emas) esa beshinchilikka o‘z nomini yozdirdi.

Redmi Note 9 Pro oltinchida, undan keyingi o‘rinda Galaxy A51 turibdi. Sakkizinchilik Redmi Note 9'ga nasib qildi.

O‘tgan hafta Google Pixel 5 haqida qator mish-mishlar tarqalgani bois bu smartfon top 10 talikdan joy olib, to‘qqizinchi o‘rinni band qildi. Chartimizga realme 7 Pro yakun yasab berdi.

Shunday qilib, Apple iPad Air, realme C17 va Sony Xperia 5 II'lar bilan xayrlashdik.

Hisob-kitob qilib ko‘rsak, o‘ttiz to‘qqizinchi haftadagi reytingimiz Xiaomi'ning 4 ta, Samsung'ning 3 ta, Apple'ning 1 ta, Google'ning 1 ta va realme'ning 1 ta smartfonidan iborat bo‘ldi.

Apple iPhone 12 Pro Max
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: 1
Samsung Galaxy S20 FE
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Xiaomi Poco X3 NFC
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: 2
Samsung Galaxy M51
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: 4
Xiaomi Poco X3
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Xiaomi Redmi Note 9 Pro
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: 6
Samsung Galaxy A51
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: 8
Xiaomi Redmi Note 9
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: 7
Google Pixel 5
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
realme 7 Pro
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: 5

O‘QING: Eng ommabop 10 smartfon (38-hafta)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.