Eng ommabop 10 smartfon (4-hafta)

Eng ommabop 10 smartfon (4-hafta)

Butunjahon mobil ko‘rgazmasi (MWC) ham yaqinlashib kelmoqda. Shu sababdan ham shu kunlarda smartfonlar unchalik ko‘p taqdim qilinmayapti — kompaniyalar o‘zlarining ataganlarini sanoatning eng yirik ko‘rgazmasi uchun asrab turibdi. Shuning uchun ham bizning chartimiz deyarli barqaror qolmoqda, butunlay emas, deyarli...

Masalan, o‘tgan hafta birinchi o‘rinni egallagan Galaxy S20 Ultra bu gal o‘z o‘rnini Galaxy A51'ga bo‘shatib, uchinchi o‘ringa joylashdi. Ikkinchi o‘rinda esa yana o‘sha Redmi Note 8 Pro.

Redmi Note 8 to‘rtinchi, Galaxy A71 esa beshinchi o‘rinda.

Ro‘yxatimizni tark etgan Galaxy S20+ o‘rniga Galaxy S20 keldi — oltinchi o‘rin. Taqdimotidan bir hafta o‘tib Oppo F15 yettinchi o‘rinni band qildi.

Xiaomi Mi Note 10 Pro va Samsung Galaxy A50 sakkizinchi va to‘qqizinchi o‘rinlarini saqlab qolgan bo‘lsa, o‘ntaligimizga qayta qo‘shilgan iPhone 11 Pro Max bilan ro‘yxat yakunlandi.

Natijada, Samsung Galaxy S10 Lite va Note10 Lite'lar bilan xayrlashdik.

O‘tgan haftadagi chartimizni Samsung'ning yettita smartfoni to‘ldirgan edi. Bu gal bir qadar xilma-xillik kuzatildi.

Shunday qilib, to‘rtinchi haftadagi chartimiz Samsung'ning 5 ta, Xiaomi'ning 3 ta, Oppo va Apple'larning 1 tadan qurilmalaridan tarkib topdi.


Samsung Galaxy A51
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: 2
Xiaomi Redmi Note 8 Pro
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: 3

Samsung Galaxy S20 Ultra
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: 1

Xiaomi Redmi Note 8
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: 5

Samsung Galaxy A71
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: 6
Samsung Galaxy S20 5G
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan
Oppo F15
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan
Xiaomi Mi Note 10 Pro
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: 8
Samsung Galaxy A50
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: 9
Apple iPhone 11 Pro Max
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan

Barcha tasvir va renderlar GSMArena.com saytidan olindi.

O‘QING: Eng ommabop 10 smartfon (3-hafta)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!