Eng ommabop 10 smartfon (40-hafta)

Eng ommabop 10 smartfon (40-hafta)

Ortda qolgan haftada texnoolamda qator muhim voqealar yuz berdi va bu bizning chartimizda o‘z aksini topdi.

Pixel 5 yetakchilikni egallagan bo‘lsa, Xiaomi Mi 10T va 10T Lite top uchlikka yakun yasadi. Ajablanarlisi, 10 Pro modeli top o‘natlikka kira olmadi ham.

To‘rtinchilikni esa iPhone 12 Pro Max band qildi. Beshinchi pog‘onada Galaxy A72 turibdi.

Poco C3 va Galaxy S20 FE'lar bo‘lsa mos ravishda oltinchi va yettinchi o‘rinlarni egallab turibdi.

Poco'ning boshqa bir modeli — X3 NFC sakkizinchilikka o‘z nomini yozdirdi, Galaxy M51 va Redmi Note 9 Pro'lar esa reytingimizga yakun yasab berdi.

Shu bilan, realme 7 Pro, Redmi Note 9 va Galaxy A51'larga vidolashuv so‘zini aytdik. Galaxy A51 taqdimotidan bir yil o‘tib ham bizning ro‘yxatda deyarli har doim ko‘rinish berib kelayotgandi, biroq keyingi safar bu modelni reytingimizda qayta ko‘rmasak kerak.

Shunday qilib, qirqinchi hafta reytingi Xiaomi'ning 5 ta, Samsung'ning 3 ta, Google'ning 1 ta va Apple'ning 1 ta smartfonidan iborat bo‘ldi.

Google Pixel 5
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Xiaomi Mi 10T 5G
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Xiaomi Mi 10T Lite 5G
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Apple iPhone 12 Pro Max
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: 1
Samsung Galaxy A72
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Xiaomi Poco C3
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Samsung Galaxy S20 FE
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: 2
Xiaomi Poco X3 NFC
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: 3
Samsung Galaxy M51
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: 4
Xiaomi Redmi Note 9 Pro
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: 6

O‘QING: Eng ommabop 10 smartfon (39-hafta)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.