Eng ommabop 10 smartfon (41-hafta)

Eng ommabop 10 smartfon (41-hafta)

Yangi modellari bilan smartfon ishqibozlari e’tiborini eng ko‘p tortgan Google va Xiaomi kompaniyalari bu safar top uchtalikka kira olmadi.

Bu safar yetakchilik Samsung'ga nasib qildi. Kompaniya o‘zining yangi taqdim qilingan Galaxy F41 smartfoni bilan shuhrat cho‘qqisini egalladi. Kupertinoliklarning iPhone 12 Pro Max'i esa top o‘ntalikdagi misli ko‘rinmagan obro‘sini saqlab qolishga erishish bilan birga ikkinchi o‘rinni ham band qildi.

Koreyslarning yana bir modeli — Galaxy S20 FE top uchlikka yakun yasab berdi. Google Pixel 5 esa to‘rtinchi o‘ringa tushib qoldi.

E’tiborlisi, o‘tgan hafta ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni band qilgan Xiaomi Mi 10T va Mi 10T Lite qurilmalari bu gal bizni butunlay tark etdi. Ularning o‘rnini Mi 10T Pro qoplab, beshinchi o‘ringa o‘z nomini yozdirdi.

Redmi Note 9 Pro oltinchilikni egallagan bo‘lsa, Galaxy M51 yettinchilikka ko‘tarilib oldi.

Poco X3 NFC sakkizinchi o‘rnini saqlab qoldi. Galaxy A51 yana reytingimizga qaytdi va to‘qqizinchi o‘rinni egalladi. Ro‘yxatga Redmi Note 9 yakun yasadi.

Shunday qilib, Poco C3, Galaxy A72 va yuqorida aytilganidek, Mi 10T juftligi bilan xayrlashishimizga to‘g‘ri keldi.

Hisob-kitob qilib ko‘rsak, ortda qolgan qirq birinchi haftada Samsung'ning 4 ta, ning 4 ta, Apple'ning 1 ta va Google'ning 1 ta smartfoni haftalik ro‘yxatimizni tashkil qildi.

Samsung Galaxy F41
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Apple iPhone 12 Pro Max
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: 4
Samsung Galaxy S20 FE
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: 7
Google Pixel 5
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: 1
Xiaomi Mi 10T Pro 5G
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Xiaomi Redmi Note 9 Pro
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: 10
Samsung Galaxy M51
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: 9
Xiaomi Poco X3 NFC
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: 8
Samsung Galaxy A51
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Xiaomi Redmi Note 9
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan

O‘QING: Eng ommabop 10 smartfon (40-hafta)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!