Eng ommabop 10 smartfon (42-hafta)

Eng ommabop 10 smartfon (42-hafta)

Ortda qolgan haftada Apple o‘zining eng yirik taqdimot marosimini o‘tkazdi va, kutilganidek, iPhone 12 kvarteti bizning eng ommabop smartfonlar ro‘yxatimizda yetakchilik qilmoqda.

Rasmiy taqdimotdan oldin ham yetakchilikni egallab kelgan iPhone 12 Pro Max bu gal ham birinchi o‘rinni hech kimga bermadi. iPhone 12 mini esa ikkinchilikni band qilgan bo‘lsa, iPhone 12 Pro va iPhone 12'lar mos ravishda uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarni egalladi. Bu to‘rtala model o‘rtasidagi farq haqida maxsus maqola tayyorlaganmiz. Uni o‘qish uchun bu yerga bosing.

Beshinchi o‘rinda ham o‘tgan haftada namoyish qilingan OnePlus 8T turibdi. Keyingi pog‘onaga esa Xiaomi Mi 10T o‘z nomini yozdirdi.

Samsung Galaxy S20 FE yettinchida, Redmi Note 9 Pro esa sakkizinchida. O‘tgan haftadagi yetakchi Galaxy F41 bo‘lsa to‘qqizinchi o‘ringa quladi. Hali taqdim qilinmagan Redmi K30S esa ro‘yxatimizga yakun yasab berdi.

Shunday qilib, Google Pixel 5, Galaxy M51, Galaxy A51, Poco X3 NFC hamda Redmi Note 9'lar bilan xayrlashdik.

Hisob-kitob qilsak, Apple'ning 4 ta, Xiaomi'ning 3 ta, Samsung'ning 2 ta va OnePlus'ning 1 ta smartfoni bu safargi reytingimizni tuzib berdi.

Apple iPhone 12 Pro Max
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: 2
Apple iPhone 12 mini
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Apple iPhone 12 Pro
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Apple iPhone 12
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
OnePlus 8T
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Xiaomi Mi 10T Pro 5G
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: 5
Samsung Galaxy S20 FE 5G
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: 3
Xiaomi Redmi Note 9 Pro
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: 6
Samsung Galaxy F41
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: 1
Xiaomi Redmi K30S
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan

O‘QING: Eng ommabop 10 smartfon (41-hafta)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!