Eng ommabop 10 smartfon (43-hafta)

Eng ommabop 10 smartfon (43-hafta)

iPhone'larning top o‘ntalikdagi dastlabki 4 ta pog‘onani egallab turishi uzoqqa cho‘zilmadi.

Sababi, yangi taqdim qilingan Huawei Mate 40 lineykasi tarkibidagi modellar top uchlikdagi ikki o‘rinni band etdi. Shunday qilib, iPhone 12 Pro Max birinchi, Mate 40 Pro va Mate 40 Pro+ lar esa mos ravishda ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egalladi.

iPhone 12 lineykasining qolgan modellari keyingi pog‘onalarni band etdi: iPhone 12 Pro to‘rtinchi, iPhone 12 beshinchi va iPhone 12 mini oltinchi o‘rinlarga o‘z nomini yozdirdi.

O‘ziga xos dizaynga ega Huawei Mate 40 RS Porsche Design qurilmasi esa yettinchilikni band qildi. Xiaomi Mi 10T Pro'ga esa sakkizinchi o‘rin nasib qildi.

Xitoylik smartfonsozning yana ikkita modeli chartimizga yakun yasab berdi — Redmi Note 9 Pro to‘qqizinchi, reytingga qayta qo‘shilgan Poco X3 NFC esa o‘ninchi o‘rinda turibdi.

E’tibor bergan bo‘lsangiz, yuqoridagi ro‘yxatda biror-bir Samsung smartfoniga ko‘zingiz tushmaydi. O‘tgan gal kompaniyaning Galaxy S20 FE va Galaxy F41 modellari ro‘yxatimizdan joy olgan edi.

OnePlus 8T va Redmi K30S'lar ham bu gal top o‘ntalikda ko‘rinish bermadi.

Shunday qilib, ortda qolgan qirq uchinchi haftadagi reytingimizdan Apple'ning 4 ta, Huawei'ning 3 ta va Xiaomi'ning 3 ta smartfoni o‘rin oldi.

Apple iPhone 12 Pro Max
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: 1
Huawei Mate 40 Pro
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan

Huawei Mate 40 Pro+

Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Apple iPhone 12 Pro
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: 3
Apple iPhone 12
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: 4
Apple iPhone 12 mini
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: 2
Huawei Mate 40 RS Porsche Design
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Xiaomi Mi 10T Pro 5G
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: 6
Xiaomi Redmi Note 9 Pro
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: 8
Xiaomi Poco X3 NFC
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan

O‘QING: Eng ommabop 10 smartfon (42-hafta)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!