Eng ommabop 10 smartfon (44-hafta)

Eng ommabop 10 smartfon (44-hafta)

O‘tgan haftada texnoolamda o‘ta muhim voqealar sodir bo‘lmadi. Bu esa Apple'ning iPhone 12 lineykasi modellariga bizning chartimizdagi mavqeyini qayta tiklab olish imkonini berdi. iPhone 12 Pro Max yetakchilikni saqlab qolgan bo‘lsa, iPhone 12 Pro va iPhone 12'lar top uchlikka yakun yasab berdi.

OnePlus Nord N10 5G o‘tgan haftaning eng muhim yangiliklaridan biri bo‘ldi va chartimizda to‘rtinchi o‘ringa chiqib oldi. N10 bilan birga taqdim qilingan N100 esa top o‘ntalikka kira olmadi.

Huawei Mate 40 Pro+ modeli Mate 40 lineykasining ro‘yxatimizdan o‘rin olgan yagona a’zosi bo‘ldi. Bu galgi reytingimizdan Mate 40 Pro va RS Porsche Design'lar joy ola olmadi.

Xiaomi Mi 10T Pro esa bir necha pog‘ona ko‘tarilib, oltinchilikni band etgan bo‘lsa, Poco X3 NFC'ga yettinchi o‘rin nasib qildi.

Boshqa sheriklariga qaraganda iPhone 12 mini'ga bo‘lgan qiziqish kamroq ko‘rinadi. Qurilma bu safar sakkizinchi o‘rin bilan kifoyalandi. Ro‘yxatga qayta qo‘shilgan va koreyalik kompaniyaning chartimizdan o‘rin olgan yagona smartfoni Samsung Galaxy M51 esa to‘qqizinchilikni band etdi. Samsung uchun bu yaxshi natija, sababi bundan oldingi chartimizda biror-bir Samsung smartfoni ko‘rinish bermagan edi.

LG'ning yangi taqdim qilingan K92 5G smartfoni oxirgi o‘rinni egalladi va Xiaomi Reemi Note 9 Pro ro‘yxatdan chiqdi.

Shunday qilib, ortda qolgan qirq to‘rtinchi haftada Apple'ning 4 ta, Xiaomi'ning 2 ta, Hauwei'ning 1 ta, OnePlus'ning 1 ta, Samsung'ning 1 ta va LG'ning 1 ta smartfoni top o‘ntalikdan joy egalladi.

Apple iPhone 12 Pro Max
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: 1
Apple iPhone 12 Pro
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: 4
Apple iPhone 12
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: 5
OnePlus Nord N10 5G
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Huawei Mate 40 Pro+
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: 3
Xiaomi Mi 10T Pro 5G
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: 8
Xiaomi Poco X3 NFC
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: 10
Apple iPhone 12 mini
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: 6
Samsung Galaxy M51
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
LG K92 5G
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan

Barcha tasvir va renderlar GSMArena.com saytidan olindi.

O‘QING: Eng ommabop 10 smartfon (43-hafta)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!