Eng ommabop 10 smartfon (46-hafta)

Eng ommabop 10 smartfon (46-hafta)

Apple iPhone 12 Pro Max'ning sotuvlari boshlanishi smartfonga bo‘lgan qiziqishni oshirishi va qurilma chartimizda yana yetakchilikni qo‘lga olishini kutgan edik, ammo bunday bo‘lmadi. Bunga sabab shuki, kutilmaganda mish-mishlari tarqalgan boshqa bir model birinchilikni egalladi.

realme 7 5G rasman shu haftada taqdim qilinishi aytildi va aftidan, qurilma hammaning e’tiborini o‘ziga qaratdi. Ushbu model hech qanday qiyinchiliksiz reytingimizda birinchi o‘rinni egallab, Pro Max va hali chiqmagan boshqa bir smartfon — Redmi Note 9 Pro 5G'ni ortda qoldirdi.

Hali rasman tasdiqlangan bo‘lmasa-da, Xiaomi'ning o‘rta toifa smartfoni ikkinchi hafta top uchlikka kira oldi va bu uning porloq kelajagidan dalolat.

To‘rtinchi o‘rinni Poco X3 NFC, beshinchi o‘rinni esa Redmi Note 9 Pro band etdi.

Samsung'ning Galaxy M51 va A51 juftliklari mos ravishda oltinchi va yettinchi o‘rinlarni egallagan bo‘lsa, yangi chiqqan Nokia 8 V 5G UW sakkizinchilikka o‘z nomini yozdirdi.

iPhone 12 chartimizga qayta qo‘shildi va to‘qqizinchi o‘rinni egalladi. So‘nggi o‘rin esa qatorasiga ikkinchi hafta Xiaomi Mi 10T Pro'ga tegdi.

Shunday qilib, Huawei nova 8 SE va iPhone 12 Pro top o‘ntalikka kira olmadi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra esa, Xiaomi'ning 4 ta, Apple'ning 2 ta, Samsung'ning 2 ta, realme'ning 1 ta va Nokia'ning 1 ta smartfoni ortda qolgan qirq oltinchi haftadagi chartimizni tashkil qildi.

realme 7 5G
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Apple iPhone 12 Pro Max
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: 1
Xiaomi Redmi Note 9 Pro 5G
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: 3
Xiaomi Poco X3 NFC
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: 5
Xiaomi Redmi Note 9 Pro
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: 6
Samsung Galaxy M51
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: 7
Samsung Galaxy A51
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: 9
Nokia 8 V 5G UW
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Apple iPhone 12
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Xiaomi Mi 10T Pro 5G
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: 10

Barcha tasvir va renderlar GSMArena.com saytidan olindi.

O‘QING: Eng ommabop 10 smartfon (45-hafta)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!