Eng ommabop 10 smartfon (47-hafta)

Eng ommabop 10 smartfon (47-hafta)

Ketma-ket ikkinchi hafta chartimizda kutilmagan smartfon yetakchilik qilmoqda. Poco kompaniyasi o‘zining M3 modelini tayyorlayotganini e’lon qilishi bilanoq qurilma hammaning e’tiborini o‘ziga tortdi.

Keyingi o‘rin borasida o‘tgan galgi holat takrorlanib, iPhone 12 Pro Max ikkinchi pog‘onani egalladi. Ko‘plab ma’lumoti sizdirilgani bois Samsung Galaxy S21 Ultra uchinchilikni band etib, top uchlikka yakun yasadi.

To‘rtinchi o‘rin Poco X3 NFC'ga, beshinchisi esa Galaxy A51'ga tegdi.

Redmi Note 9 Pro oltinchi o‘ringa tushib qolgan bo‘lsa, iPhone 12 ommaboplik borasida yuqorilab, yettinchi o‘rinni egalladi.

Bir necha hafta so‘nggi pog‘onalarni egallab kelgan Xiaomi Mi 10T Pro ham yuqorilab, sakkizinchi o‘ringa o‘z nomini yozidirib qo‘ydi.

Galaxy M51 to‘qqizinchi o‘ringa tushib ketgan bo‘lsa, Galaxy A21s eng so‘nggi o‘rinni band qildi.

Shunday qilib, o‘tgan haftadagi yetakchi realme 7 5G, Nokia 8 V 5G UW hamda Redmi Note 9 Pro 5G'larga bir gal o‘rin tegmadi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, Samsung'ning 4 ta, Xiaomi'ning 4 ta va Apple'ning 2 ta smartfoni qirq yettinchi haftadagi reytingimizni tashkil qildi.

Xiaomi Poco M3
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Apple iPhone 12 Pro Max
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: 2
Samsung Galaxy S21 Ultra 5G
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Xiaomi Poco X3 NFC
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: 4
Samsung Galaxy A51
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: 7
Xiaomi Redmi Note 9 Pro
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: 5
Apple iPhone 12
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: 9
Xiaomi Mi 10T Pro 5G
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: 10
Samsung Galaxy M51
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: 6
Samsung Galaxy A21s
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan

Barcha tasvir va renderlar GSMArena.com saytidan olindi.

O‘QING: Eng ommabop 10 smartfon (46-hafta)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!