Eng ommabop 10 smartfon (48-hafta)

Eng ommabop 10 smartfon (48-hafta)

Kutilganidek, o‘ta hamyonbop narxli Poco M3 smartfoni taqdimot haftasi davomida yetakchilikni saqlab qoldi.

Xiaomi'ning boshqa bir yangi modeli — Redmi Note 9 4G smartfoni (hozircha faqat Xitoy bozorida sotilsa ham) ko‘pchilikni o‘ziga qiziqtira oldi — ikkinchi o‘rin. Top uchlikning eng so‘nggi pog‘onasi Apple iPhone 12 Pro Max'ga nasib qildi.

Poco X3 NFC yana bir hafta to‘rtinchi o‘rinni band etgan bo‘lsa, xalqaro bozor uchun chiqarilgan Redmi Note 9 Pro qoq markazdan joy oldi. Bu bilan, Samsung Galaxy A51 oltinchi o‘ringa tushib qoldi.

Xiaomi sub-brendining yangi bir modeli — Redmi Note 9 Pro 5G yettinchi o‘ringa o‘z nomini yozdirgan bo‘lsa, qolgan uchta o‘rinni Samsung smartfonlari egalladi.

Galaxy A21s sakkizinchi, yangi taqdim qilingan A12 va A02s'lar esa mos ravishda to‘qqizinchi va o‘ninchi o‘rinlarni egalladi.

Shunday qilib, Apple iPhone 12, Xiaomi Mi 10T Pro, Samsung Galaxy M51 va Samsung Galaxy S21 Ultra'lar bilan xayrlashdik.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, qirq sakkizinchi haftadagi chartimizdan Xiaomi'ning 5 ta, Samsung'ning 4 ta va Apple'ning 1 ta smartfoni joy egalladi.

Xiaomi Poco M3
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: 1
Xiaomi Redmi Note 9 4G
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Apple iPhone 12 Pro Max
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: 2
Xiaomi Poco X3 NFC
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: 4
Xiaomi Redmi Note 9 Pro
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: 6
Samsung Galaxy A51
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: 5
Xiaomi Redmi Note 9 Pro 5G
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Samsung Galaxy A21s
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: 10
Samsung Galaxy A12
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Samsung Galaxy A02s
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan

Barcha tasvirlar GSMArena.com saytidan olindi.

O‘QING: Eng ommabop 10 smartfon (47-hafta)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!