Eng ommabop 10 smartfon (49-hafta)

Eng ommabop 10 smartfon (49-hafta)

Poco M3 smartfoni reytingimizda hali ham yetakchilik qilmoqda. Keyingi o‘rinni esa Xiaomi'ning boshqa bir smartfoni — Redmi Note 9 Pro 5G egalladi. Top uchlikdagi so‘nggi o‘rin, o‘tgan gal ham bo‘lgani kabi, iPhone 12 Pro Max'ga nasib qildi.

Smartfonlar haqida gap ketganda «qadimiy» deyishimiz mumkin bo‘lgan Galaxy A51 to‘rtinchi, Redmi Note 9 Pro beshinchi o‘rinlarni band qildi.

Poco X3 NFC oltinchilikka tushib qolgan bo‘lsa, Mi 10T Pro yettinchilikka ko‘tarildi. Shunday qilib, bu safargi chartimizdan jami beshta Xiaomi smartfoni o‘rin egalladi.

Keyingi pog‘onalarni Samsung Galaxy A21s va Galaxy A71'lar band qilgan bo‘lsa, yangi taqdim qilingan Infinix Zero 8i top o‘ntalikka yakun yasab berdi.

Shu bilan, Galaxy A12, Galaxy A02s va Redmi Note 9 4G'lar bilan xayrlashdik.

Hisob-kitobimizga ko‘ra, ortda qolgan qirq to‘qqizinchi haftadagi reytingimizni Xiaomi'ning 5 ta, Samsung'ning 3 ta, Apple'ning 1 ta va Infinix'ning 1 ta smartfoni tuzib berdi.

Xiaomi Poco M3
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: 1
Xiaomi Redmi Note 9 Pro 5G
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: 7
Apple iPhone 12 Pro Max
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: 3
Samsung Galaxy A51
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: 6
Xiaomi Redmi Note 9 Pro
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: 5
Xiaomi Poco X3 NFC
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: 4
Xiaomi Mi 10T Pro 5G
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Samsung Galaxy A21s
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: 8
Samsung Galaxy A71
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Infinix Zero 8i
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan

Barcha tasvirlar GSMArena.com saytidan olindi.

O‘QING: Eng ommabop 10 smartfon (48-hafta)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.