Eng ommabop 10 smartfon (5-hafta)

Eng ommabop 10 smartfon (5-hafta)

Fevral oyi boshlanar ekan smartfonlar olamida evolyusiyalar yaqinlashib kelmoqda. 2020-yilning ilk flagmanlari taqdimot arafasida turibdi, biroq ular haqida allaqachon yetarlicha ma’lumotga ega bo‘lganimiz bois bu qurilmalar bizning ro‘yxatimizidan joy ham egallab ulgurgan.

Chartimizda qayta paydo bo‘lgan Poco brendining X2 smartfoni taqdimotidan bir necha kun oldin top o‘ntalikda yetakchilik qilmoqda.

Samsung Galaxy A51 va Xiaomi Redmi Note 8 Pro'lar bir pog‘onadan pastlab mos ravishda ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egallagan bo‘lsa, shu oy ichi taqdim qilinuvchi Mi 10 Pro 5G to‘rtinchi o‘rinni band etdi.

Xiaomi'ning Mi 10 Pro 5G'si Redmi Note 8 va Samsung Galaxy S20 Ultra 5G'lardan oldin turibdi.

Galaxy A71 yettinchilikni egallagan bo‘lsa, koreyslarning ikkinchi buklmafoni Galaxy Z Flip esa 11 fevraldagi taqdimotdan oldin sakkizinchi o‘rinni egallashga muvaffaq bo‘ldi.

Ro‘yxatimiz Galaxy Note10 Lite va Galaxy A50 bilan yakunlandi.

O‘tgan haftadagi reyting bilan taqqoslaydigan bo‘lsak, bu gal Oppo F15, Samsung Galaxy A20, Xiaomi Mi Note 10 Pro va iPhone 11 Pro Max'lar bilan xayrlashdik, biroq bu smartfonlarning barchasi chartimizga qayta qo‘shilishi ehtimoli yo‘q emas.

Shunday qilib, beshinchi haftaning top o‘n smartfoni ro‘yxati Samsung'ning oltita, Xiaomi'ning esa to‘rtta smartfonidan iborat bo‘ldi. Lekin xitoylik smartfonsoz ilk 5 o‘rinning 4 tasini band etganini inobatga olib, durang natija e’lon qilamiz.

Xiaomi Poco X2
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan
Samsung Galaxy A51
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: 1
Xiaomi Redmi Note 8 Pro
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: 2
Xiaomi Mi 10 Pro 5G
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan
Xiaomi Redmi Note 8
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: 4
Samsung Galaxy S20 Ultra 5G
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: 3
Samsung Galaxy A71
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: 5
Samsung Galaxy Z Flip
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan
Samsung Galaxy Note10 Lite
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan
Samsung Galaxy A50
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: 9

Tasvir va renderlar GSMArena, Android Authority va NDTV Gadgets saytlaridan olindi.

O‘QING: Eng ommabop 10 smartfon (4-hafta)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.