Eng ommabop 10 smartfon (51-hafta)

Eng ommabop 10 smartfon (51-hafta)

Ellik birinchi haftada ommabop smartfonlar reytingimizda anchayin o‘zgarishlar sodir bo‘ldi, biroq top uch o‘rinni hali ham tanish chehralar egallagan.

Redmi Note 9 Pro 5G yana birinchi o‘ringa chiqib olgan bo‘lsa, Poco M3 va Apple iPhone 12 Pro Max'lar keyingi o‘rinlarni band etdi.

Ro‘yxatimizning doimiy vakili bo‘lgan Galaxy A51 besh pog‘ona yuqorilab, to‘rtinchilikka o‘z nomini yozdirdi. Redmi Note 9 Pro esa uch o‘rin tepaga, qoq markazga ko‘tarildi.

Samsung Galaxy A72'ga oltinchi o‘rin nasib etgan bo‘lsa, Poco'ning yana bir smartfoni — X3 NFC top smartfonlar reytingiga qaytib, yettinchi o‘rinni egalladi.

Xiaomi Mi 10T Pro ham yanada ommalashib, sakkizinchi o‘rinni hech kimga bermagan bo‘lsa, Galaxy S21+ shuhrat cho‘qqisidan tushmoqda — to‘qqizinchi o‘rin.

Top o‘n reytingimizga Galaxy A21s yakun yasadi. Shunday qilib, Reno5 Pro+ ga xayr dedik.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, Xiaomi'ning 5 ta, Samsung'ning 4 ta va Apple'ning 1 ta smartfoni ellik birinchi haftadagi chartimizni tuzib berdi.

Xiaomi Redmi Note 9 Pro 5G
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: 3
Xiaomi Poco M3
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: 4
Apple iPhone 12 Pro Max
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: 7
Samsung Galaxy A51
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: 9
Xiaomi Redmi Note 9 Pro
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: 8
Samsung Galaxy A72 5G
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Xiaomi Poco X3 NFC
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Xiaomi Mi 10T Pro 5G
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: 10
Samsung Galaxy S21+ 5G
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: 1
Samsung Galaxy A21s
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan

Barcha tasvirlar GSMArena.com saytidan olindi.

O‘QING: Eng ommabop 10 smartfon (50-hafta)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!