Eng ommabop 10 smartfon (52-hafta)

Eng ommabop 10 smartfon (52-hafta)

Yilning eng so‘nggi haftasini ham kuzatib qolar ekanmiz, Apple flagmani ommabop smartfonlar reytingida yetakchilik qildi. iPhone 12 Pro Max ilgari ham birinchi o‘rinni egallagan edi, lekin bunga ancha bo‘lgan.

Samsung Galaxy S21 Ultra smartfoni S21+ ning o‘rnini egallab, ikkinchi o‘rinni band etgan bo‘lsa, reytingimizning doimiy vakillaridan bo‘lgan Galaxy A51 top uchlikka yakun yasadi.

Faqat Xitoy uchun chiqarilgan Redmi Note 9 keyingi o‘rinni egallagani holda global Pro versiya beshinchilikni band etdi. Oltinchiga Poco X3 NFC nomi yozildi. Xiaomi'ning yana ikki smartfoni — Mi 10T Pro va Poco M3 keyingi o‘rinlarni egalladi.

Yilning eng so‘nggi reytingiga esa Galaxy A21s va A71'lar yakun yasadi.

Shunday qilib, ellik ikkinchi haftadagi reytingimizni Xiaomi'ning 5 ta, Samsung'ning 4 ta, Apple'ning 1 ta smartfoni tashkil etdi.

Apple iPhone 12 Pro Max
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: 3
Samsung Galaxy S21 Ultra
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Samsung Galaxy A51
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: 4
Xiaomi Redmi Note Note 9 Pro 5G
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: 1
Xiaomi Redmi Note 9 Pro
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: 5
Xiaomi Poco X3 NFC
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: 7
Xiaomi Mi 10T Pro 5G
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: 8
Xiaomi Poco M3
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: 2
Samsung Galaxy A21s
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: 10
Samsung Galaxy A71
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan

Barcha tasvirlar GSMArena.com saytidan olindi.

O‘QING: Eng ommabop 10 smartfon (51-hafta)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!