Eng ommabop 10 smartfon (6-hafta)

Eng ommabop 10 smartfon (6-hafta)

O‘tgan haftada taqdim qilingan Poco X2 bu galgi chartimizda yetakchilik qildi. Qurilma hali taqdim qilinmagan o‘tgan haftada ham ro‘yxatimizning birinichi o‘rnini egallab turgan edi.

Samsung Galaxy A51 va Redmi Note 8 Pro'lar o‘z o‘rnini yo‘qotgani yo‘q — mos ravishda ikkinchi va uchinchi o‘rinlar.

Uch pogo‘na yuqorilagan Galaxy A71 esa to‘rtinchi bo‘lsa, Redmi Note 8 va Galaxy S20 Ultra'lar keyingi o‘rinlarni band etdi.

Yettinchilik Galaxy Note10 Lite'ga nasib qilgan bo‘lsa, Samsung/Xiaomi duopoliyasini buzgan Huawei nova 7i sakkizinchilikka o‘z nomini yozdirib qo‘ydi.

Bozori kengaygan Samsung Galaxy S20 Lite esa reytingimizga qayta qo‘shilib, eng so‘nggi o‘rindagi Xiaomi Mi 10 Pro'dan oldingi to‘qqizinchi o‘rinni band qildi. Xiaomi'ning ushbu flagmani taqdim qilinishi bilan yana reytingda yuqorilaydi, biroq Galaxy S20'ga nisbatan raqobatda qanday natija ko‘rsatishi qiziq.

O‘tgan haftaga nisbatan taqqoslasak, top o‘ntalikka kira olmagan qurilmalar ro‘yxatini Samsung Galaxy Z Flip va Galaxy A50 tashkil etadi. A50 2019 yil fevral oyida taqdim qilinganidan so‘ng deyarli har hafta ro‘yxatimizda ko‘rinish bergandi va mana u bilan ham xayrlashdik.

Shunday qilib, 6-haftadagi reytingimiz Samsung'ning beshta, Xiaomi'ning to‘rtta va Huawei'ning bitta smartfonidan iborat bo‘ldi.

Xiaomi Poco X2
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: 1
Samsung Galaxy A51
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: 2
Xiaomi Redmi Note 8 Pro
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: 3
Samsung Galaxy A71
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: 7
Xiaomi Redmi Note 8
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: 5
Samsung Galaxy S20 Ultra 5G
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: 6
Samsung Galaxy Note10 Lite
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: 7
Huawei nova 7i
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan
Samsung Galaxy S10 Lite
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan
Xiaomi Mi 10 Pro 5G
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: 4

Barcha tasvir va renderlar GSMArena.com va NDTV Gadgets saytlaridan olindi.

O‘QING: Eng ommabop 10 smartfon (5-hafta)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!