Eng ommabop 10 smartfon (8-hafta)

Eng ommabop 10 smartfon (8-hafta)

Trenddagi smartfonlar ro‘yxatimiz bu gal ham deyrali faqat Samsung va Xiaomi'ning qurilmalaridan tarkib topdi. Ammo Sony'ning yangi L4 gadjeti taqdimotdan ko‘p ham o‘tmay chartimizdan o‘rin oldi va olganda ham naq ikkinchi pog‘onani oldi.

Samsung Galaxy S20 Ultra yetakchilikni hech kimga bermadi. Top uchtalikni Xiaomi Mi 10 Pro yakunlab berdi.

Yangi smartfonlarga bo‘lgan qiziqish biroz susayishi Galaxy A51, Redmi Note 8 Pro va Galaxy A71'lar foydasiga bo‘ldi. Sababi har uchala gadjet bir pog‘onadan yuqorilab, mos ravishda, to‘rtinchi, beshinchi va oltinchi o‘rinlarni band etdi.

Xiaomi'ning Mi 10 5G'si yettinchilikka o‘z nomini yozib qo‘ygan bo‘lsa, Redmi Note 8 o‘z nomiga mos sakkizinchi o‘rinni egalladi.

Qolgan ikki o‘rin S20 oilasining qolgan vakillariga nasib qildi.

Shunday qilib, sakkiznichi haftadagi reytingimiz Samsung'ning 5 ta, Xiaomi'ning 4 ta va Sony'ning 1 ta smartfonidan tarkib topdi. Bu esa Poco X2 bilan xayrlashishimizga to‘g‘ri keldi, deganidir.

Keyingi haftadagi chartimiz e’lon qilingunga qadar Sony, Huawei va Realme o‘zlarining yangi smartfonlarini taqdim qiladi. Tub burilishlarni kutib qolamiz.

Samsung Galaxy S20 Ultra
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: 1
Sony Xperia L4
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan
Xiaomi Mi 10 Pro 5G
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: 9
Samsung Galaxy A51
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: 5
Xiaomi Redmi Note 8 Pro
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: 6
Samsung Galaxy A71
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: 7
Xiaomi Mi 10 5G
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: 2
Xiaomi Redmi Note 8
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: 10
Samsung Galaxy S20
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: 3
Samsung Galaxy S20+
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: 4

Barcha tasvirlar GSMArena.com saytidan olindi.

O‘QING: Eng ommabop 10 smartfon (7-hafta)