Eng ommabop 10 smartfon (9-hafta)

Eng ommabop 10 smartfon (9-hafta)

MWC bekor qilingan bo‘lishiga qaramay, o‘tgan hafta qator yangi smartfonlar taqdim qilindi, ulardan biri, hatto, top o‘mtaligimizda yetakchilikni ham qo‘lga kiritdi.

Sony Xperia 1 II ro‘yxatimizda tub burilish yasagan holda birinchi pog‘onani zabt etdi. Taxtdan ag‘darilgan Galaxy S20 Ultra es ikkinchi, kompaniyaning o‘rta toifa A51'i esa uchinchi o‘rinda.

Xiaomi Mi 10 Pro 5G Redmi Note 8 juftligining bir o‘rin pastlatib, o‘zi to‘rtinchilikni band etdi.

Yettinchi o‘rinda yangi taqdim qilingan Galaxy M31 qurilmasi. Reytingi o‘tgan galgi chartimizga qaraganda ikki pog‘ona pasaygan Galaxy 71 sakkizinchi, LG'ning eng so‘nggi flagmani V60 ThinQ esa to‘qqizinchi o‘rinda.

Sony'ning yana bir yangi qurilmasi Xperia 10 II chartimizga yakun yasadi. Shunday qilib, uchta flagman bilan xayrlashdik — Xiaomi Mi 10, Galaxy S20+ va S20. Xperia L4 ham bu gal mashhurlikka erisha olmadi.

To‘qqizinchi haftadagi chartimiz Samsung'ning 4 ta, Xiaomi'ning 3 ta, Sony'ning 2 ta va LG'ning 1 ta smartfonidan iborat bo‘ldi.

Sony Xperia 1 II
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Samsung Galaxy S20 Ultra
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: 1
Samsung Galaxy A51
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: 4
Xiaomi Mi 10 Pro 5G
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: 3
Xiaomi Redmi Note 8 Pro
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: 5
Xiaomi Redmi Note 8
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: 8
Samsung Galaxy M31
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Samsung Galaxy A71
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: 6
LG V60 ThinQ 5G
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Sony Xperia 10 II
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan

Barcha tasvirlar GSMArena.com saytidan olindi.

O‘QING: Eng ommabop 10 smartfon (8-hafta)