Eng ommabop arzon elektrokar kabriolet-versiyada ham chiqyapti: bu sizga Tesla emas! (video)

  •   DiMaX
  •  1372
  •  20.04.2021 12:17

Eng ommabop arzon elektrokar kabriolet-versiyada ham chiqyapti: bu sizga Tesla emas! (video)

2020 yili eng ko‘p sotilgan elektromobil Tesla Model 3 bo‘lsa, xitoyliklarning Wuling HongGuang Mini EV elektrokari ikkinchi o‘rinni olgan edi. Qizig‘i – ushbu arzon elektromobil yangi bo‘lib, 2021 yili ham xaridorligini pasaytirmagan: yanvarda o‘z yurtida undan 30 mingdan oshiq sotishgan. Agar savdosi shu sur’atda davom etsa, yilning oxiriga borib u birinchilikni egallashi mumkin.

O‘QING: Ilon Mask hali chiqmagan Tesla Cybertruck salonini ilk bor ko‘rsatdi: ekran, shturval...

Xitoylik kompaniya endi ushbu elektrokarning kabriolet versiyasi – Wuling Hongguang MINI EV Cabrio modelining prototipini namoyish etdi. Avtomobil ixcham o‘lchami hamda tomi yig‘ilishi bilan ajralib turadi.

Kabriolet kuzovli bu elektromobilning maksimal tezligi 100 km/soatga yetadi. Uning g‘ildiraklari yirik, an’anaviy fonarlar o‘rniga yorug‘lik-diodli chiroqlar o‘rnatilgan.

Wuling Hongguang MINI EV Cabrio prototipi minimalistik uslubda ishlangan bo‘lib, butkul elektrlashtirilgan anjomlar paneliga ega. Uning salonida ikkitagina o‘rindiq mavjud, bu esa yukxonani kattalashtirishga imkon bergan.

O‘QING: Yevropada atigi 4500 dollarlik elektromobil paydo bo‘lishi mumkin

Yangi konsept Shanxaydagi avtosalonda namoyish etilmoqda va yaqin orada seriyali tarzda ishlab chiqarishga ham joriy qilinadi. Uni akkumulyator tok sig‘imiga ko‘ra 9,3 kVt/soatdan 13,9 kVt/soatgacha, avtonomligi 170 kilometrgacha bo‘lgan variantlarda taklif etishadi.

Kabriolet narxi ma’lum qilinmayapti, lekin u standart versiyadagi Wuling HongGuang Mini EV modelidan sal qimmatroq bo‘lishi aniq.

O‘QING: O‘zbekistonda faqat elektromobillar ishlab chiqarilishi mumkin