Eng ommabop messenjer tez orada millionlab smartfonlarda umuman ishlamay qoladi!

  •   DiMaX
  •  2547
  •  11.12.2019 12:29

Eng ommabop messenjer tez orada millionlab smartfonlarda umuman ishlamay qoladi!

Dunyo bo‘yicha eng ommalashgan WhatsApp messenjeri ayrim qurilmalarda o‘z faoliyatini to‘xtatadi. Bu haqda mazkur servis xodimlariga tayangan holda Daily Mail nashri xabar bermoqda.

O‘QING: Telegram, WhatsApp va Viber’dagi o‘z profillarimizni yangi telefon raqamimizga qanday o‘tkazamiz?

Xabarga ko‘ra, messenjerdagi o‘zgarishlar 2020 yilning 1 fevralidan kuchga kiradi. Shundan so‘ng quyidagi operatsion tizimli qurilmalarda WhatsApp ishlatib bo‘lmaydi:

  1. iOS 8 va undan oldingi versiyalarda ishlayotgan iPhone’larda;
  2. Android 2.3.7 va undan avvalgi operatsion tizimlardagi smartfonlarda;
  3. Windows 10 Mobile tizimli devayslarda.

Ayni damda iOS 8 boshqaruvi ostidagi iPhone egalari WhatsApp’da yangi akkaunt ocha olmayaptilar. Kelasi yil 1 fevraldan esa bu qurilmalarda mazkur messenjer mutlaqo ishlamaydi.

Darvoqe, Telegram asoschisi Durov yaqinda: «Smartfoningizdan bu ilovani o‘chirib tashlang!» deya chiqish qilgan edi.

O‘QING: Telegram’dagi terrorchilar Alisher Usmonov kompaniyasiga qarashli messenjerga ko‘chib o‘tishgan!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!